Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
346 Aytishlaricha, kishilar uch xil tong ottiradi: bir xili mol talabida, bir xili gunoh talabida va bir xili yo‘l talabida. Mol talabida tong ottirganlar Alloh taolo rizq qilib berganidan ortiq yeya olmaydilar, garchi mol ko‘p bo‘lsa ham. Gunoh talabida tong ottirganlarga xorlik va gunoh yopishadi. Kim yo‘l talabida tong ottirsa, Alloh taolo rizqni ham, yo‘lni ham beradi”. Yana bir hakim zot aytadi: “Kim tong ottirsa, unga ikki ish lozim bo‘ladi: qo‘rqinch va tinchlik. Tinchlik – Alloh u uchun belgilagan rizq masalasida xotirjam bo‘lmog‘i, qo‘rqinch esa, unga buyurilgan ishni tugatguncha qo‘rqinch holatda turmog‘i. Agar bu ikki ishni qilsa, Alloh taolo ikki narsa bilan ikrom qiladi: qanoat va ibodatning halovati”. Robi’ ibn Husaymdan: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘ralsa, gunohkor, zaif holda tong ottirdik. Rizqimizni yeyapmiz va ajallarimizni kutayapmiz”, der ekanlar. Malik ibn Dinordan ham: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Uydan uyga otlanuvchi qanday tong ottirardi. Uning ustiga jannatga boradimi yoki do‘zaxga, bilmaydi”. Zikr qilinishicha, Iso ibn Maryamga ham: “Qanday tong ottrirdingiz, Ey Ruhulloh, deb savol qilingan. U kishi shunda: “Umid qilgan narsamga ega bo‘lolmay, qo‘rqqan narsamni daf etolmay, amalim bilan majburiyat olgan holda tong ottirdim. Yaxshilik mendan boshqaning qo‘lida. Mendan kambag‘alroq inson yo‘q”, deb javob qilgan ekanlar. Omir ibn Qaysga shu savol berilganida, u zot: “Tong ottirdim. Nafsim gunohlarimni ziyoda qildi. Alloh taolo esa ne’matlarini ziyoda etdi. Ibodatlarim gunohlarimni tozalovchi bo‘la oladimi, yoki Alloh ne’matlari uchun shukr bo‘ladimi, bilmayman”, deganlar. Muhammad ibn Sirin bir odamdan hol so‘rabdilar. U: “Besh yuz dirham qarzi bo‘lgan, ko‘p bolali odamning holi qanday bo‘lishi mumkin?” debdi. Ibn Sirin uyiga kirib, ming dirham olib chiqib unga beribdilar va: “Besh yuz dirham bilan qarzingni uz, besh yuzini oilangga ishlat”, debdilar. Shundan keyin Ibn Sirin biron kishidan ahvol so‘ramadilar. Agar holati yomon bo‘lsa, uning ishini bitirib berishlari vojib bo‘lib qolishidan qo‘rqar edilar. Ibrohim Adhamdan zikr qilinadi. U kishi aytadilar: “Kim sog‘-salomat tong ottirsa, to‘rt narsaga shukr qilsin: 1) qalbini hidoyat nuri bilan nurlantirgan va mo‘minlardan qilgan ulug‘ Zotga shukr aytmog‘i; 2) hidoyat nuri bilan qalbini nurlantirgan, adashganlardan qilmagan Zotga hamdlar aytmog‘i; 3) rizqini boshqaning qo‘lida qilmagan Zotga hamd aytmog‘i; 4) ayblarini yopgan Zotga hamd aytmog‘i” Shaqiq ibn Ibrohim aytadilar: “Agar kishi ikki yuz yil yashasa va ushbu to‘rt narsani bilmasa, u do‘zaxdan boshqa narsaga haqli emas: 1) Allohni bilmog‘i, tanimog‘i; 2) Allohning amalini bilmog‘i; 3) nafsini bilmog‘i; 4) Alloh bilan nafsining dushmanini bilmog‘i. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 347 Allohni bilmog‘i – Uni oshkora va yashirin hollarda tanimog‘i. Chunki Undan boshqa beruvchi va man’ qiluvchi yo‘qdir. Alloh amalini bilish – Alloh taolo ixlos bi lan qilingan amalnigina qabul etishini bilishdir. Nafsini bilish – o‘zinining zaifligini, Alloh taolo unga hukm qilgan narsani qaytarishga qodir emasligi bilish. Ya’ni, Alloh qilgan taqsimga rozi bo‘lish. Allohning va o‘zining dushmanini bilish – uni zimdan bilishi, toki yakson qilguncha ma’rifat bilan jazolashidir”. Aytishlaricha, Odam farzandi tong ottirsa, Alloh unga o‘nta narsani farz qiladi: 1) turgan vaqtida Allohni zikr qilish. Bu ish Allohning so‘ziga muvofiqdir: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling