Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinasizlar, sizlarning
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinasizlar, sizlarning
biron siringiz maxfiy qolmas” (Al-Haqqa, 18-oyat). 912. Faqih aytadilar: Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Alloh taoloning shunday deganini rivoyat qilganlar: “Ey bandalarim, men zulmni o‘zimga harom qildim. Sizlarning oralaringizda ham harom qildim. Bir-biringizga zulm qilmanglar. Ey bandalarim, hidoyat qilganlarimdan boshqalaringiz adashguvchisiz. Mendan hidoyat so‘rangizlar, hidoyat qilaman. Ey bandalarim, men taomlantirganlarimdan boshqalaringiz ochsizlar. Mendan taom berishimni so‘ranglar, sizlarni oziqlantiraman. Ey bandalarim, hammalaringiz yalang‘ochsiz, faqat men kiyintirganlar yalang‘och emas. Mendan kiyim kiydirishimni so‘ranglar, kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kechasiyu kunduzi xato qilasizlar. Men hamma gunohlarni kechiraman. Mendan gunohlaringizni kechirishimni so‘ranglar, sizlarni kechiraman. Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning, insonlaru jinlarning taqvosi bir kishining qalbida bo‘lsa, o‘sha narsa Mening mulkimda hech narsani ziyoda qilmaydi. Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringizning, jinlaru insonlarning fujuri bir kishining qalbida bo‘lsa, u narsa Mening mulkimdan hech narsani kamaytirmaydi. Ey bandalarim, agar avvalgilaringizu oxirgilaringiz, insonu jinlaringiz bir tepalikda turib, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 343 har biri hojtini Mendan so‘rasa va ularga bersam, huzurimdagi hech narsani kamaytirmaydi. Kamaytirsa ham, bitta igna dengizga bir botirilib, keyin undagi suvdan olib chiqqanchalik kamaytiradi. Ey bandalarim, albatta, bular sizlarning amallaringiz, ularni sizlar uchun saqlab qo‘yaman va qiyomat kuni o‘zingizga qaytaraman. Bas, kim yaxshilik topsa, Allohga hamd aytsin, kim undan boshqasini topsa, faqat o‘zini malomat qilsin”. 913. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy aytdilar: “Kasallarni ziyorat qilinglar, janozalarga qatnashinglar, u sizlarga oxiratni eslatadi”. Hakim zotlardan biri tobut orqasidan mayyit haqqiga rahmat so‘rayotgan kishilarni ko‘rdi. Shunda u: “Agar o‘zlaringizga rahmat so‘rasangiz yaxshi bo‘lardi. Chunki u o‘ldi va uch narsadan qutildi: o‘lim farishtasini ko‘rishdan, o‘limning achchig‘idan, yomon xotima topish xavfidan”, dedi. Aytishlaricha, Abu Dardo (r.a.) tobut orqasidan bir kishining: “Bu kim edi?” degan so‘zlarini eshitdilar. Shunda unga Abu Dardo: “Bu sensan, agar karih ko‘rsang, u menman. Alloh taolo: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling