Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
351 kuchaytiradi, g‘azabni ziyodalashtiradi; ko‘p umr ko‘rish haqida fikr qilinmaydi. Chunki u o‘limni unuttiradi, boylik to‘plashni sevdiradi, amal qilishni ortga surdiradi”. Aytishlaricha, taqvoning asosi bema’ni narsalar haqidi fikrlamaslikka qalbida ahd qilmoqdir. Har safar qalbga bema’ni o‘ylar kelganida, uni haydab, ma’noli narsalarni fikr qilish lozim. Bu ish jihodning asli va mashaqqatlisidir. Hakimlarning ba’zilari aytadi: “Ibodatning mukammal bo‘lishi, niyatning to‘g‘riligiga bog‘liq, solih amalning to‘kis bajarilishi esa, tavoze’ga. Bu ikkalasining kamoloti dunyodan zuhd qilishdadir. Ularning kamoloti oxirat ishiga qayg‘urish va xafa bo‘lish dadir. Qayg‘urish va xafalikning mukammal bo‘lishi doimo o‘limni eslash va gunohlar to‘g‘risida ko‘p tafakkur qilishdadir”. Aytilishicha, abdollarning (evaz oluvchilarning) axloqlari o‘nta: qalbning salomatligi, moldagi saxovat, tilning rostgo‘yligi, nafsning tavoze’ligi va qiyinchilikka sabr etish, xoli qolib yig‘lash, odamlarga nasihat qilish, mo‘minlarga marhamatli bo‘lish, o‘lim to‘g‘risida fikrlash va narsalardan ibrat olish. Mahkul Shomiy (r.a.) aytadilar: “Kim to‘shagiga yotmoqchi bo‘lsa, avval shu kunda qilgan ishlarini fikrlashi lozim. Agar yaxshi amal qilgan bo‘lsa, unga qodir qilgan Allohga hamd aytadi. Agar gunoh amal qilgan bo‘lsa, istig‘for aytib, yaxshilikka qaytadi. Agar shunday qilmasa, molini hisob-kitobsiz sochaverib, so‘ng singanini sezmay qolgan savdogar kabi bo‘lib qoladi”. Ba’zi hakimlar aytadi: “Hikmat to‘rt narsa sababli kuchayadi: 1) badan dunyo ishlaridan ozod bo‘lganida; 2) qorin harom taomdan xoli bo‘lganida; 3) dunyo qo‘l matolaridan bo‘shaganida; 4) ishlarining oqibati haqida fikr qilganda. Chunki hech kim ishining oqibati nima bo‘lishini, amallari qabul qilinadimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Holbuki, Alloh taolo faqat amallarning yaxshisini qabul qiladi”. 925. Faqih aytadilar: “Olimlar jamoasidan ushbu hadisni eshitdim. Maoz ibn Jabalga: “Har kuni eslab turadigan hadisingizni aytib bering”, deyishdi. Maoz (r.a.) yig‘ladilar, hatto to‘xtamaydi, deb o‘ylashdi. Keyin aytdilar: “Ota-onam Rasulullohga (s.a.v.) fido bo‘lsin. Men u zot bilan birga ulovga mingashib olgan edim. Boshlarini shunda osmonga ko‘tarib: “ Maxluqotlariga yaxshi ko‘rgani bilan hukm qiladigan Zotga hamd bo‘lsin”, dedilar. So‘ng: “Ey Maoz!” deb chaqirdilar. “Labbay, ey Allohning elchisi, payg‘ambarlarning sayyidi”, dedim. So‘ng yana: “Ey Maoz!” dedilar. Men: “Labbay, Allohning elchisi, yaxshilik imomi va rahmat payg‘ambari”, deb javob berdim. “Senga hech bir payg‘ambar ummatiga aytmagan hadisni aytaman, agar yod olsang, senga foyda keltiradi. Agar yodlamay, faqat eshitsang, Alloh huzurida hujjating kesiladi. Alloh taolo osmonlarni yaratmasidan oldin, yetti farishtani yaratdi. Har bir osmonda bir farishta, har bir eshikda bir darvozabon bor edi. Kotib farishtalar bandaning ertalabdan kechgacha qilgan amallarini yozadi. So‘ng kech bo‘lgach, ko‘tariladi. Dunyo osmoniga yeganida, uni poklaydi va ko‘paytiradi. Shu yerda boshqa farishta aytadi: “To‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men g‘iybat egasiman, u musulmonlarni g‘iybat qilardi. Uning amali mendan yuqoriga oshib o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling