Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
352 So‘ng kotib farishta bandaning boshqa bir amalini olib ko‘tariladi. Unda nur charaqlaydi. Ikkinchi osmonga yetganida, o‘sha yerning farishtasi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va unga Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Chunki u bu amali bilan dunyo matohini xohlagan edi, men ana shu dunyo amalining egasiman. Uning amali mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman”. Kotib farishta keyin bandaning sadaqa va namozlar bilan bezalgan amalini olib, osmonga ko‘tariladi. Uchinchi osmonga yetganida, bir farishta aytadi: “To‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi deb ayt. Men kibrlarning egasi bo‘lgan farishtaman. U amal qilib odamlarning majlislarida kibrlanardi. Menga Rabbim uning amalini o‘zimdan yuqoriga o‘tkazmaslikka buyurdi”. Kotib farishta yana bir bandaning amalini olib ko‘tariladi. U tasbehlar, ro‘zalar bilan yulduzdek porlab turadi. To‘rtinchi osmonga yetganda qo‘riqchi farishta unga aytadi: “To‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men nafsiga ajablanganlarning egasi bo‘lgan farishtaman. Kim amal qilib, faxrlansa, Rabbim uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tkazmasligimni buyurdi”. Kotib farishta maloikalar bilan bandaning amalini olib, to‘y kuni yori uchun tayyorlagan kelinchak kabi holida ko‘tariladi. Jihod va ikki namoz orasida o‘qilgan namozlari bilan beshinchi osmonga yetib borganida, farishta aytadi: “To‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va yelkasiga yuklab qo‘y. Chunki kim ilm o‘rgansa va Alloh uchun amal qilsa, unga hasad etardi. Uning amali gardaniga yuklanadi va modomiki, u hayot ekan, amali uni lan’atlaydi”. Kotib farishta so‘ngra bandaning mukammal tahoratli, kechasidagi ko‘p namozdan iborat amalini ko‘taradi va oltinchi osmonga yetganida, qo‘riqchi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur. Men rahmat egasi bo‘lgan farishtaman. Sohibing hech narsaga rahm qilmadi. Agar Alloh bandalaridan biriga gunoh yoki yomonlik yetsa, u bilan xursand bo‘lardi. Rabbim menga uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni buyurdi”. Farishta bandaning rostgo‘ylik, ijtihod, chaqmoq kabi nurli taqvodan iborat amali bilan ko‘tariladi va yettinchi osmonga yetadi. Yettinchi osmon farishtasi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va qalbini qulfla. Men hijob farishtasiman. Alloh uchun bo‘lmagan har bir amalni berkitaman. U bu amalini yuqori ko‘tarilishni, majlislarda yod olinishni, shaharlarda ovoza bo‘lishni xohlab qilgan edi. Rabbim menga uning amali mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni buyurdi”. Farishta bandaning ko‘p zikr va yaxshi xulq bilan bezalgan amalini ko‘taradi. Osmon maloikalari uni kuzatib, arshning tagiga kelib to‘xtaydilar. So‘ngra u uchun guvohlik beradilar. Alloh taolo aytadi: “Sizlar bandamning amalini saqlovchi-yozuvchisizlar. Men uning o‘zidagi narsaga kuzatuvchiman. U bu amalini xolis Men uchun qilmadi. Unga Mening la’natim bo‘lsin”. Farishtalarning hammasi: “Unga Sening va bizning la’natimiz bo‘lsin”. Keyin Maoz (r.a.) yig‘lab aytdilar: ”U zotdan: “Ey Rasululloh, nima amal qilay?” deb so‘ragan edim, “Payg‘ambaringga iqtido qil, ishonchni mahkam tut. Agar amali kam Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 353 bo‘lsa ham, birodaringdan tilingni tiy. Gunohlaring o‘z yelkangda bo‘lsin. Uni birodaring ustiga yuklama. Birodaringni yomonlab, o‘zingni maqtama. Birodalaringni pastga urib, o‘zingni ko‘tarma. Amaling bilan odamlarga riyo qilma”, dedilar”. __________________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling