Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
SAKSON IKKINCHI BOB SUNNATGA AMAL QILISH 900. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Molik aytdilar: Menga Payg‘ambarning (s.a.v.): “Sizlarga ikki narsani qoldirdim. U ikkovini ushlasanglar, hech qachon adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir”, deganlarini aytib berishdi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 340 901. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Sunnatda ozgina amal qilish, bid’atda ko‘p amal qilishdan yaxshi. Har bir bid’at adashish va har bir adashish do‘zaxdir”. 902. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sunnatda iqtisod qilish, bid’atda ijtihod qilishdan yaxshidir”. Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “So‘z amal bilan durust bo‘ladi. Amal va so‘z niyat bilan durust bo‘ladi. So‘z, amal va niyat sunnat bilan durust bo‘ladi. 903. Ma’aqqal ibn Yasor (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki kishiga mening shafoatim yetmaydi. (Boshqa rivoyatda: “Ummatimdan ikki toifaga”, deyilgan). Zolim boshliqqa va din ishida chuqur ketuvchiga, (ya’ni dinda chuqur ketib, sunnat va jamoat yo‘lidan chiqqan kishiga). Ubay ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Alloh kitobi va sunnatni mahkam tutinglar. Qaysi banda Qur’on va hadis yo‘lida Allohni zikr qilib, Allohdan qo‘rqqanidan ko‘zi yoshlansa, unga hech qachon do‘zax o‘ti tegmaydi. Qaysi banda Alloh va sunnat yo‘lida bo‘lsa, Rahmonni eslab, ko‘ziga yosh kelsa va terilari qaltirasa, bu hol daraxtning yaproqlari qurib, shamol uning yaproqlarini to‘kishiga o‘xshaydi. Albatta, Kitob va sunnat yo‘lida iqtisod Qur’on va sunnat xilofida ijtihod qilishdan yaxshidir. Amallaringiz hoh iqtisod, hoh ijtihod bo‘lsin, payg‘ambarlar sunnatlari va yo‘llariga muvofiq bo‘lishiga e’tibor beringlar. 904. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Bani Isroil yetmish bitta firqaga ajralib ketdi va mana bu ummat yaqinda yetmish ikki firqaga ajraladi. Yetmish bittasi do‘zaxda va bittasi jannatdadir”. “Ey Rasululloh, bu bittasi kimlar?” deb so‘radilar. Aytdilar: “ Ahli sunna va jamoa”. 905. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana aytadilar: “Fasod paytida sunnatimni mahkam ushlaydigan ummatlarimning ajri yuzta shahidning ajri kabidir”. Aytishlaricha, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) bunday deganlar: “Sizlarni kattalarni qaritadigan, kichiklarni katta qiladilan fitna qamrab olsa, odamlar ularga aldansalar, uni sunnat qilib olsalar, keyin o‘zgartirsalar va boshqasiga amal qilinsa, bu munkar ish, deb aytilsa, nima qilasizlar?” Bir kishi so‘radi: “Ey Abu Abdurahmon, bu qachon bo‘ladi?” “Agar ishonchlaringiz kamaysa, boshliqlaringiz ko‘paysa, faqihlaringiz kamaysa, qorilaringiz ko‘paysa, oxirat amali bilan dunyo qo‘lga kiritilsa, dindan boshqa narsani yaxshi tushunsalar, ana shu vaqtda ustlaringizda bir boshliqlar bo‘ladiki, agar ularga itoat qilsanglar adashasizlar, agar osiylik qilsanglar, sizlarni o‘ldiradilar”, dedilar Ibn Ma’sud. “Bizlarga nima buyurasiz, ey Abu Abdurahmon?” deb so‘rashdi. “Uyingda o‘tirib amal qil, unday qilmasang, olov yaxshidir”, dedilar. 906. Faqih rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: “Bizlarga Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qilib dedilar: “Ey odamlar, sahobalarimni hurmat etinglar, ularga yaxshilik qilinglar, ularni yaxshi ko‘ringlar. Chunki odamlarning yaxshisi sahobalarimdir. Men ularga (payg‘ambar qilib) yuborilganimda, ular Allohga iymon keltirib, meni tasdiqlashdi, Allohdan nima hukm keltirgan bo‘lsam, hammasiga iymon keltirishdi va ularga amal qilishdi. So‘ngra ulardan keyingi odamlarning yaxshisi ulardan keyingi asrdagilar. Ular meni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling