Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Namozni mukammal o‘qish va unda xushu’ qilish bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Namozni mukammal o‘qish va unda xushu’ qilish bobi hadislari
872-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Xuzayma rivoyat qilgan. 873-hadis. Mavzu’. “Az-za’ifa”ga qarang. 874-hadis. Mavzu’. SAKSONINCHI BOB DUO VA TASBEHLAR 875. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Abu Avfa aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bir a’robiy kishi keldi va aytdiki: “Ey Allohning payg‘ambari, menga Qur’ondan yetarlichasini o‘rgating. Men undan hech narsa yodlamaganman”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Subhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar va la-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘liyyil ‘azim”, deb ayt”, dedilar. A’robiy qo‘llari bilan u beshtasini sanab ko‘rdi. Bir ozdan keyin haligi a’robiy qaytib kelib: “Ey Rasululloh, ular Allohim uchun, men uchun nima bor?” deb savol berdi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 332 “Allohummag‘firliy varhamniy vahdiniy varzuqniy va’finiy” (Allohim, meni kechir, menga rahm qil, hidoyat et, meni rizqlantir, menga ofiyat ber), deb ayt”, dedilar. A’robiy boshqa qo‘li bilan yana beshtani sanadi, so‘ng jo‘nab ketdi”. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: “A’robiy agar aytganlariga vafo qilsa, qo‘llarini yaxshilikka to‘ldirdi”, dedilar. Faqih aytadilar: “Qur’ondan yetarlisini o‘rgating”, degan so‘zi, Qur’ondan namozda o‘qiladigan miqdordagisini bilishni istaganidir. Albatta, har bir kishi shu miqdorda bilishi lozim. Agar keragini bilqsa va o‘sha kalimalardan istifoda qilsa, Qur’on o‘qigan kishining fazilatini topishiga umid qilinadi. 876. Usmon ibn Abu Os aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) oldimga kelganlarida menda qattiq og‘riq bor edi, o‘lar holatda edim. Payg‘ambar (s.a.v.): “O‘ng qo‘ling bilan yetti marta “A’uzu bi’izzatillahi va qudratihi min sharri ma ajidu va uhaziru” (Allohning izzati va qudrati bilan menga yetgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman va saqlanaman), deb og‘riq yeringni sila”, dedilar. Men shunday qildim. Alloh taolo og‘riqni ketkazdi“. Ato (r.a.) aytadilar: “Kim o‘n ikki rak’at namozni xayoli chalg‘imasdan o‘qisa va uning oxirida Fotiha surasini bilan Oyatul kursiyni yetti martadan o‘qisa va “La-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd va huva ‘ala kulli shay`in qodir”, deb o‘n marta aytsa va sajda qilib, “Allohumma, inniy as`aluka bima’aqidil ‘izzi men ‘arishka va muntahar rohmati min kitabika va bismikal a’zomi va jaddikal a’la va kalimatikat tammat”, deb aytsa, so‘ngra duo qilsa, mustajob bo‘ladi”. 877. Maymuna binti Sa’d aytadilar (u ayol Payg‘ambarimizga xodima edi): “Payg‘ambar (s.a.v.) Salmon namozidan keyin duo qilayotganlarida o‘tib qoldilar. Shunda u zot (s.a.v.) aytdilar: “Ey Salmon, sening Allohga hojating bormi?” “Ha, ey Rasululloh, bor”, dedilar Salmon. “Rabbingga duo qilishdan oldin sano ayt, Alloh o‘zini sifatlagandek sifatla, tasbeh, tahmid va tahlil ayt”, dedilar Nabiy. Salmon: “Sanoni qanday aytaman, ey Rasululloh?” deb so‘radilar. “Fotiha surasini o‘qi. Chunki u Alloh taologa sanodir”. Salmon: “Qanday qilib Uni sifatlayman?” deb so‘radilar so‘ng. “Ixlos surasini uch marta o‘qi. Chunki u Allohning sifati va u bilan o‘zini sifatlagan”, deb javob qildilar Nabiy (s.a.v.). Solmon keyin: “Qanday qilib tasbeh aytaman?” dedilar. Nabiy aytdilar: “Subhonallohi valhamdu lillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar”, deb ayt, so‘ngra hojatingni so‘ra“. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kim namozidan keyin: “Astag‘firullohal ‘aziym allaziy la-a ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayhi”, deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohalarini dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechiradi”. Faqih aytadilar: “Istig‘for qalbdagi pushaymonlik bilan birga bo‘lishi kerak”. Hasan ibn Ali (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) aytadilar: “Kim yigirmata oyat o‘qisa, shaytonning yomonligidan, zolim sultondan, dushman o‘g‘ridan, yirtqich maxluqning zarar berishidan saqlanishiga men kafilman”. U oyatlar Oyatul kursiy va A’rof surasining 54 – 56-oyatlari, Soffat surasining avvalgi o‘n oyati, Ar-rohman surasining 33 – 35-oyatlari, Hashr surasining oxiridagi uch oyatdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling