Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
328
deb nido qiladi. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kishining namozda bardavom 
bo‘lishi, xuddi podshoh eshigini taqillatganga o‘xshaydi. Chunki kim pldshoh eshigini 
taqillatsa, eshik ochilishi shubhasiz. Kechasi o‘qilgan namozning kunduzi o‘qilgan 
namozdan ortiqligi yashirin sadaqaning oshkor sadaqadan afzalligi kabidir”. 
869. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v. aytdilar: “Alloh zikr 
etilgan yoki namoz o‘qilgan bir parcha yer yetti qavat yergacha xursandligini bildiradi va 
atrofdagi yerlar oldida faxrlanadi. Banda yerning qay bir sahrosida namoz o‘qishni 
xohlasa, yer unga ziynatlanadi. 
870. Xolid ibn Ma’don (r.a.) aytadilar: “Eshitishimcha, Parvardigor uch kishi bilan 
farishtalariga faxrlanadi: bir kishiki, saxrosida yolg‘iz o‘zi azon, takbir aytib, namoz 
o‘qiydi. Shunda Alloh aytadi: “Qaranglar, bandamning bir o‘zi namoz o‘qiyapti, uni 
mendan boshqa hech kim ko‘rmaydi”. So‘ngra yetmish ming farishta tushib, uning 
orqasida namoz o‘qishadi. Yana bir kishiki, kechasi namoz o‘qiydi, sajda qiladi, so‘ngra 
uxlaydi. Alloh shunda aytadi: “Sajda qiluvchi bandamga qaranglar, xayoli Menda, jasadi 
Menga sajda qilyapti”. Yana urushda o‘lgunicha sobitqadamlik bilan jang qilgan kishi 
bilan faxrlanadi”. 
871. Mu’ofiy ibn Imron (r.a.) aytadilar: “Mo‘minning izzati, odamlardan behojat bo‘lish,
sharafi kechasi turib namoz o‘qishdir”. 
____________________ 
Nafl namozlari fazilati bobi hadislari 
859-hadis. Juda zaif. 
860-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan. 
861-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
862-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
863-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 
864-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang. 
865-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
866-hadis. Mavzu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang. 
867-hadis. Munkar. Ibn Hibbon sahih emas, degan. 
868-hadis. Juda zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
869-hadis. Zaif. Abu Ya’lo rivoyat qilgan. 
870-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Abu Dovud rivoyat qilgan. 
871-hadis. Hasan. Qazoiy, Hokim rivoyat qilgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling