Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
325 Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Keyin duo qildilar, Alloh ulardan isitmani ko‘tardi. Shundan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) ularni ko‘rgan vaqtlarida: “Xush kelibsizlar, ey Alloh taolo pok qilib qo‘ygan qavm” der edilar. 850. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Kasallaringizni taom va suvga majburlamang. Chunki Alloh taolo ularni ovqatlantirib sug‘oradi”. 851. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kasalning ingrashi – tasbeh, ohi – tahlil, nafasi – sadaqa, uyqusi – ibodatdir, bir tomondan ikkinchi tomonga ag‘darilishi – Alloh yo‘lida jihoddir. Unga sog‘liq vaqtidagi amalidan yaxshiroq amal yoziladi” (Bu hadisni Vahabiy botil degan). 852. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “To‘rt kishi hayotni qayta boshlaydi: kasaldan turgan kishi, Islomga kirgan mushrik, mo‘min holatida savob umidida juma o‘qib qaytgan kishi va halol kasbdan haj qiluvchi”. 853. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: “Uchta narsa yaxshilik xazinasidandir: kasallikni yashirish, sadaqani maxfiy qilish va musibatini berkitish”. 854. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Solmon Forsiyning oldlariga kirdilar. U kishi kasal edilar. Shunda Nabiy: “Sening bu yotishingda uchta xislat bordir: Robbingdan eslatma, poklik va oldingi gunohlaringga kafforat, kasal kishining duosi mustajobdir, qodir bo‘lganingcha, Allohga duo qil”, dedilar. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kasallikka ajr yozilmaydi. Ajr amaldadir. U xatolarga kafforat qilinadi”. Faqih aytadilar: “Ajr kasallik uchun yozilmaydi. Lekin sog‘lom bo‘lganida qiladigan amali mislicha ajr yoziladi, chunki hozir bundan ojiz, agar salomat bo‘lganida, oldin amal qilganidek amal qilishini Alloh taolo biladi va unga o‘sha amallarning savobi yozadi. Kasalligi uning gunohlari uchun kafforatdir. Ya’ni, qilgan gunohlariga tavba qilsa, kafforat, agar tavba qilmay sog‘aysa, oldingi yomon amallariga qaytishni niyat qilsa, unga kafforat bo‘lmaydi”. 855. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isitma har bir mo‘minning do‘zaxdan (bo‘lgan) nasibasidir”. 856. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Rabbiingiz: “ Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, rahm qilishni hohlagan bandamni hamma xato amallari uchun jasadiga yoki yashashiga bir tanglik berish bilan uni poklamagunimcha dunyodan chiqarmayman. O‘shalardan ham qolsa, unga o‘limini qattiq qilaman, toki Mening oldimga onadan yangi tug‘ilgandek keladi. Agar azob berishni xohlasam, hamma yaxshiliklarning ajrini jasadini sog‘lom qilish yoki rizqini keng qilish bilan bermagunimcha dunyodan chiqarmayman. Shunda ham qolsa, unga o‘limni yengil qilaman, hattoki mening oldimga yaxshiligi yo‘q holda keladi”, dedi”. Osim ibn Ahval Abul Oliyaning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bizlar ellik yildan beri, bir kishi kasal bo‘lsa, onadan yangi tug‘ilgandek, gunohlardan pok bo‘ladi, der edik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling