Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
323 sahobalaridan. O‘shanda odamlar narsalarini ko‘tarib, ko‘chib ketayotganini ko‘rdilar va “Ularga nima bo‘ldi?” deb so‘radilar. “Ular vabodan qochib ketyapti”, deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Ey vabo, meni ol, meni ol”. “Nima uchun o‘limni so‘rab duo qilyapsiz? Siz Rasulullohning sohibisiz, o‘ziga o‘lim tilashdan qaytarganlarini eshitgansiz- ku?” deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) ummatlariga kelishidan qo‘rqqan olti narsa uchun Allohdan o‘lim so‘rayman”. Biz: “U nima edi?” deb so‘radik. “Bolalarning boshliq bo‘lishi, shartlarning ko‘payishi, hukmga poraning aralashishi, qarindoshlarchilikning uzilishi, qon to‘kishning yengil bo‘lishi va bu Qur’onni mazomir (surnay kuyi) kabi qilib olishlari. Bunda afzal yoki faqih kishini emas, balki faqatgina Qur’onni kuy qilib o‘qib beradigan kishini oldinga qo‘yadilar”, dedi Ibn Abbos. Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “U kishi ibn Hubayraning eshigi oldidan o‘tayotganlarida (u kishi boy bo‘lgan), qori kishilardan bir nechalarini ko‘rib, aytibdilar: “Ey qorilar! Nima deb o‘ylaysizlar? Bu taqvodorlarning majlisidan emas”. 845. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, amirlarning olimi va bozorlarning qorisi bo‘lishdan saqlaninglar”. Zihhok ibn Muzohimdan aytadilar: “Men har kecha to‘shagimda to‘lg‘onib, sultonimni rozi qiladigan hamda Rabbimni g‘azabini keltirmaydigan kalimani izlayman, lekin topolmayman”. Zikr qilinishicha, Iso ibn Muso Amir ibn Shubrimaga uchrab qoldi. Unga Amir: “Nimaga biznikiga kelmaysan?” dedi. Iso aytdi: “Siznikiga borib nima qilaman? Agar yaqinlashsangiz, meni fitnaga solasiz, agar uzoqlashtirsangiz, aziyat berasiz. Sizda men qo‘rqadigan va menda siz umid qiladigan narsa yo‘q”. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Podshohlarning eshigiga borishdan saqlaninglar. Ularning dunyosidan sizlarga biron narsa yetmaydi, lekin undan afzal bo‘lgan oxiratlaringizni ular barbod etadilar”. Oldingi olimlarning biri aytadi: “Podshohning oldiga kirishingiz sizni uch narsaga chaqiradi: ularni rizoligini ustun qo‘yishga, ularning dunyosini ulug‘lashga, yomon amallarini poklashga. Agar o‘shalarni qilsangiz, aniq halok bo‘lasiz. La-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim”. _________________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling