Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
YETMISH TO‘QQIZINCHI BOB
NAMOZNI MUKAMMAL O‘QISH VA UNDA XUSHU’ QILISH Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Namoz tarozi-o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, unga ham vafo qilinadi. Kim urib qolsa, Alloh taolo urib qoluvchilar to‘g‘risida nima deganini bilasizlar”. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi bir odamning ruku’ va sajdalarni mukammal qilmay namoz o‘qiyotganini ko‘rib: “Agar shu holda o‘lsang, fitratdan boshqasida o‘lasan”, dedilar. 872. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga o‘g‘irlikda insonlarning eng yomonini aytaymi?” dedilar. “Ha, ayting, ey Rasululloh”, deyishdi. “U odam namozidan o‘g‘irlagan odamdir”, dedilar. “Namozdan qanday o‘g‘irlaydi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Uning ruku’ va sajdalarini mukammal qilmasdan”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 329 Ibn Mas’ud (r.a.): “Kimni namozi yaxshilikka buyurmasa, yomonlikdan qaytarmasa, u bilan Allohga yaqinlashmaydi, balki, uzoqlashadi”, dedilar. So‘ngra ushbu oyatni o‘qidilar: “Namozni to‘kis ado qiling! Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan qaytarur” (Ankabut, 45-oyat). Hakam ibn Utayba (r.a.) aytadilar: “Kim namoz vaqtida o‘ng va chapga qarasa, uning namozi namoz emas”. Muslim ibn Yasor (r.a.) ahllariga aytar edilar: “ Agar men namoz o‘qiyotgan bo‘lsam, gaplashaveringlar. Chunki men gaplaringni eshitmayman”. Yoqub Qori’dan zikr qilinadi: U kishi namoz o‘qiyotgan paytlarida o‘g‘ri kelib, yelkalaridagi ridolarini yulib olib qochdi. So‘ng o‘rtoqlarining oldiga bordi, ular rido shayxniki ekanini bilishdi va unga: “Uni qaytarib ber. Biz solih kishining duosidan qo‘rqamiz”, deyishdi. O‘g‘ri kelib yelkalariga ridoni qo‘ydi va qilgan ishiga uzr so‘radi. Namozdan keyin u kishiga bu hodisani gapirib berishdi. U zot: “Men uning olganini ham, qo‘yganini ham sezmadim”, dedilar. Zikr qilinishicha, Robiatul Adaviya (Alloh uni rahmat qilsin) namozda sajda qilayotgan edilar, nogoh ko‘zlariga qamishning bir parchasi kirib ketdi. Ammo buni faqat namozdan chiqqanlaridan so‘ng sezdilar. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi tahorat qilmoqchi bo‘lganlarida ranglari o‘zgarar edi. Sababini so‘rashganida, aytdilar: “Men ulug‘, jabbor Allohning qudrati oldida qoim bo‘lmoqchiman”. Agar masjid eshigi oldiga kelsalar, boshlarini ko‘tarar va: “Ey Parvardigor, bandang eshiging oldidadir. Ey Muhsin, oldingga gunohkor keldi. Bizning yaxshilarimizga yomonni kechirishga buyurgansan. Sen Muhsinsan, men gunohkorman. O‘zingdagi yaxshilik sababidan mendagi yomonlikni kech, ey Karim”, deb keyin masjidga kirar edilar. 873. Payg‘ambar (s.a.v.) bir odamning namozida soqolini o‘ynab turganini ko‘rdilar. So‘ng: “Agar qalbi qo‘rqsa, albatta, a’zolari ham qo‘rqar edi”, dedilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) namoz vaqti kirsa, ko‘kraklari qaltirar, ranglari o‘zgarar edi. Bu haqda so‘rashganida: “Alloh taolo yer, osmon va tog‘larga taklif qilgan, ammo ular bosh tortgan, inson esa, qabul qilgan omonatni ado qilish vaqti keldi. Bilmaymanki, bo‘ynimga olgan vazifamni yaxshi ado qildimmi yoki yo‘q!” deb javob berdilar. Bu kalom Zaynul Obidin Ali ibn Husayn ibn Abu Tolibdan (r.a.) ham rivoyat qilingan. Said ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: “Biz Toifda ibn Abbos huzurida masjidda edik. Men, Ikrima, Maymun ibn Mahron, Abul Oliya va boshqalar bor edi. Shu payt muazzin mezanaga ko‘tarilib, “Allohu akbar, Allohu akbar”, deb azonni boshladi. Ibn Abbos (r.a.) shunda yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ridolari ho‘l bo‘lib ketdi. Bo‘yin tomirlari shishib, ko‘zlari qizarib ketdi. Abul Oliya: “Ey Rasululloh amakilarining o‘g‘li, bu yig‘i qanday yig‘i? Bu qo‘rqinch nima qo‘rqinch? Bizlar ham azonni eshitayapmiz, yig‘lamayapmiz-ku, faqat siz yig‘laganingiz uchun yig‘layapmiz”, dedi. Ibn Abbos (r.a.): “Agar odamlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling