Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


mag‘firat etguvchi bo‘lgan zotdir”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

mag‘firat etguvchi bo‘lgan zotdir” (Isro, 25). Ya’ni kishiki gunohni qiladi, keyin tavba 
etadi, so‘ng gunoh qilib yana tavba qiladi”. 
Hasan Basriydan so‘raldi: “Kishi gunoh qilib tavba qiladi, so‘ng gunoh qilib tavba qiladi. 
So‘ng yana gunoh qilib tavba qiladi. Bu qachongacha?” Aytdi: “Buni mo‘minlarning 
axloqidangina deb bilaman”. 
Ba’zi hakimlar aytdilar: “Orifning kasbi beshtadir: Allohni eslasa, faxrlanadi, o‘zini zikr 
qilishsa, past bo‘ladi, agar Allohning oyatlariga qarasa, ibrat oladi, agar gunohga va 
shahvatga qasd qilsa, o‘zini olib qochadi, Allohning kechiruvchiligi zikr qilinsa, xursand 
bo‘ladi, gunohlari zikr qilinsa, mag‘firat so‘raydi”. 
116. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Mu’ammardan, Zuhriydan rivoyat qiladi: “Bir kuni 
Hazrati Umar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Seni 
nima yig‘layapti, ey Umar?” dedilar. Umar aytdi: “Yo Rasululloh! Ko‘chada bir yigit 
yuragimni kuydirdi, u yig‘lab turibdi”. Rasululloh (s.a.v.): “Ey Umar, menga uni olib kir” 
dedilar. Haligi yigit yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Seni nima yig‘latyapti, ey yigit”, 
deb so‘radilar. “Ey Allohning payg‘ambari! Meni gunohlarimning ko‘pligi yig‘latyapti. Men 
Allohimning g‘azabidan qo‘rqyapman”, dedi. “Allohga shirk keltirdingmi?” “Yo‘q”. “Nohaq 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
odam o‘ldirdingmi?” “Yo‘q”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo sening 
gunohingni kechiradi, agar o‘sha gunohing yetti osmon, yetti yer, baland tog‘lardek 
bo‘lsa ham”. Yigit: “Ey Allohning rasuli! Mening gunohim yetti osmon, yetti qat yer, 
baland tog‘lardan ham kattaroq”. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘radilar: “Sening gunohing 
kursidan ham kattaroqmi?” Yigit: “Undan ham kattaroq”, dedi. “Gunohing Arshdan ham 
kattaroqmi?” Yigit: “Kattaroq”, dedi. “Gunohing ulug‘mi yoki Allohing? (Ya’ni, Allohning 
mag‘firatimi)?” Yigit: “Alloh ulug‘dir!” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar. “Albatta, katta 
gunohlarni Alloh kechiradi”. So‘ngra dedilar: “Menga aytgin, nima gunoh qilding” Yigit: 
“Ey Allohning rasuli! Men sizdan uyalaman”. Payg‘ambar (s.a.v.) ikkinchi marta: “Aytib 
bergin qilgan gunohingni”, deb so‘radilar. Yigit: “Ey Allohning elchisi! Men yetti yil 
qabrlarni ochib, kafanlarini olish bilan shug‘ullandim. Bir kuni ansor qizlaridan biri o‘ldi, 
uning qabrini ochdim. Uni kafanidan chiqarib oldim. Ozgina o‘tmasdan shayton nafsimga 
g‘alaba qildi. Keyin qaytib o‘sha qizni mujmoa’at qildim. Uzoq turmadim, shu vaqt o‘sha 
qiz turib: “Senga Allohning g‘azabi bo‘lsin, ey yigit! Qiyomat kunida Allohdan 
uyalmaysanmi? O‘sha kunda hukm uchun tosh-tarozi qo‘yiladi, mazlumga zolimdan 
haqqi olib beriladi. Bu o‘liklar vatanida meni yalang‘och tashlab ketyapsan. Allohning 
qudrati oldida meni junub holatiga tushiryapsan”, deb aytdi”. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
o‘rni-laridan sakrab ketdilar, uni yelkasidan ushlab, itarib yubordilar. “Ey fosiq, sening 
do‘zaxga kirishga bu qadar hojating bor ekan, mening oldimdan ketgin”, dedilar. 
Yigit Alloh taologa qirq kecha tavba qilib chiqdi, qirq kecha to‘liq bo‘lgandan keyin 
boshini ko‘tarib osmonga qarab: “Ey Muhammad sallallohu alayhi vasallamning
Odamning, Havoning Parvardigori! Agar meni kechirsang, Muhammadga (s.a.v.) va 
sahobalariga bildirgin, agar bildirma-sang, osmondan olov yuborib, meni kuydirgin va 
oxirat azobidan najot bergin!” deb iltijo qildi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning 
(s.a.v.) oldilariga kelib: “Assalomu alaykum, ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam
Rabbingiz sizga salom aytdi”. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Alloh Salomdir, salom 
Allohdandir v salom o‘ziga qaytgaydir!” Jabroil aytdiki: “Alloh so‘radi: “Butun maxluqni 
sen yaratdingmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q! Meni va (barcha) maxluqlarni U 
zotning o‘zi yaratdi”. Jabroil dedi: “Rabbingiz aytdiki, ularga rizqni sen berasanmi, deb” 
Aytdilar: “Ularni va meni Alloh rizq-lantiradi!” Jabroil dedi: «Rabbingiz aytdiki: «Ularning 
tavbasini sen qabul qilasanmi?» deb». Aytdilar: “Alloh mening va ularning tavbalarimni 
qabul qilguvchidir”. Jabroil: “Alloh aytdi. “Bu bandamning tavbasini qabul qilgin. Men 
tavbasini qabul qildim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) yigitni chaqirib: “Alloh taolo 
gunohingni kechirganini bashorat qildi va tavbangni qabul qildi”. 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Bu xabarga oqil kishi e’tibor qilmog‘i va bilmog‘i 
lozim bo‘ladiki, albatta o‘lik bilan qilgan zinosidan ko‘ra tiriklar bilan zino qilmog‘i 
kattaroq gunohdir. Haqiqiy tavbani qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo tavbasi 
haqiqiy ekanligini va undan gunohni ketkazganini yigitga bildirdi. Tavba gunohning 
miqdoricha bo‘lishi lozim bo‘ladi. 
Ibn Abbos, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, deydi: “Allohning kalomida: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling