Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin 
harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar...” oyatidan 
to: 
“Alloh ularning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo‘yur. 
Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Furqon, 68, 70) oyatigacha nozil 
bo‘lganda sen qaerda eding”. 
So‘ngra Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilaridan chiqdim, men Madina ko‘chalarida yugurar 
va kecha mendan fatvo so‘ragan ayolni menga kim dalolat qiladi, deb so‘rar edim. 
Bolalar, Abu Hurayra jinni bo‘libdi, derdilar. Keyin kechasi o‘sha xotinni oldingi joyida 
uchratdim. Va Payg‘ambarning (s.a.v.) aytganlarini unga bildirdim. Va unga tavba 
borligini aytdim. Xursandchiligidan qichqirib yubordi va: “Mening bir bog‘im bor, o‘shani 
qilgan gunohim uchun kafforat etib, kambag‘allarga sadaqa qildim”, deb aytdi”. 
Alloh kalomida zikr qilindi: 
“Magar kim tavba qilsa va imon keltirib solih amallar qilsa, bas, Alloh ana 
o‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga aylantirib qo‘yur” 
(Furqon, 70). 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
Ba’zilar aytadilar: “Albatta, banda gunohlaridan tavba qilsa, o‘tgan gunoh amallarining 
hammasi yaxshiliklarga aylanadi”. 
Shuningdek, Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Inson qiyomat kunida 
kitobiga qaraydi, avval gunohlarini ko‘radi, oxirida yaxshiliklarini. Keyin birinchi kitobga 
qarasa, uning hammasida yaxshiliklarini ko‘radi”. 
Abu Zarr G‘iforiy Payg‘ambardan (s.a.v.) qilgan rivoyatda ham shunga o‘xshashdir – 
Alloh kalomida: “O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga 
aylantirib qo‘yur”, deydi. Uning ma’nosida aytiladi: Yomon amaldan solih amallarga 
aylanadi. Yomon amallar o‘rnini yaxshilik amallari egallashi uchun Alloh taolo muvofiq 
qilib qo‘yadi.
Nechukkim, Alloh taolo aytdi: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling