Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
129. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki
gunohi yo‘q kishiga o‘xshaydi”.
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: “Bir kishi: «Men bir gunoh qildim”, deb aytdi.
Hazrati Ali: “Allohga
tavba qilgin, keyin bu gunohlarga qaytmagin”, dedi. Aytdi: “Men
tavba qildim, yana gunoh qildim, yana qaytdim”. Hazrati Ali: “Allohga
tavba qil, keyin bu
ishni qilmagin”, dedi. Haligi kishi: “Qachongacha, yo Ali?” dedi. Ali aytdi: “To
shayton
mag‘lub bo‘lgunicha”.
Mujohid aytdi: “Alloh so‘zida:
“Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilish, faqat bironta gunohni nodonlik bilan
qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir” (Niso, 17). Aytdi:
Nodonlik qasddan qilishlik. Aytdilar: o‘limdan boshqa barcha holat (tavbaga)
yaqindir
(ya’ni, o‘lim paytidagi tavba qabul qilinmaydi).
130. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Abu Hurayra rivoyat qiladi: “Agar banda bir gunoh
qilsa, keyin aytsaki: “Yo Allohim, men gunoh qildim”,
yoki aytsaki, “Men bir gunoh sodir
qilib qo‘ydim, meni kechirgin”, deb. Alloh taolo aytadi: “Bandam
gunoh qildi, bildiki,
uning Parvardigori gunohlarni kechiradi va shu gunoh bilan jazolaydi. Bas, bandamning
gunohlarini kechirdim”.
Bu narsalarning hammasi Muhammadning (s.a.v.) hurmatlari uchundir.
Oldingi
ummatlar gunoh qilsalar, ularga halol narsalar harom qilinardi.
Ulardan biri gunoh qilib
qo‘ysa, eshigida yoki peshonasida: “Falonchining o‘g‘li falonchi bu gunohni qildi”, deb
yozilganini topardi. Alloh taolo bu ummatining zimmasida bu ishni yengil qilib qo‘ydi.
Bas, aytdi:
Do'stlaringiz bilan baham: