Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin”
www.ziyouz.com kutubxonasi
73 “Namozni to‘kis ado qiling va zakotni bering” (Baqara, 43). Kim namoz o‘qisa, zakot bermasa, undan namozi qabul qilinmaydi. Allohning so‘zi: “Alloh va Payg‘ambariga itoat qilingiz” (Oli Imron, 132). Demak, kimki Allohga itoat qilsa, payg‘ambariga itoat qilmasa, undan qabul qilinmaydi. Allohning so‘zi: “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin”, (Luqmon, 14). Kim Allohga shukr qilsa, ota-onaga shukr qilmasa, undan qabul qilinmaydi. 144. Bunga dalil Rasulullohning (s.a.v.) hadislari: “Albatta ota-onaning la’nati farzandining aslini kesadi. Agar farzand ularga oq bo‘lgan bo‘lsa. Kimiki ota-onasining roziligini topsa, Rabbisining rizosini topadi. Kimiki ota-onasini g‘azablantirsa, Rabbisini g‘azablantiradi! Kimiki ota-onasi tirik bo‘lib, yaxshilik qilmasa, do‘zaxga kiradi va uni Alloh o‘zidan uzoqlashtiradi”. 145. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘raldi: “Qaysi amallar yaxshiroqdir?” Aytdilar: “O‘z vaqtida o‘qilgan namozlar, keyin ota-onaga yaxshilik qilish...” Farqand Sabaxiy aytadi: “Ba’zi kitoblarda o‘qidim, farzand uchun ota-onaning huzurida ikkalasining iznisiz gapirishlik va ikkovidan oldin yurishlik, o‘ngdan ham, chapdan ham, lozim bo‘lmaydi, magar uni ikkovlari chaqirishsa, so‘ngra javob berib, ularning ketidan yuradi, qul o‘zining xo‘jayini orqasida yurgandek”. 146. Zikr qilindi, bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, onam mening oldimda esi yarimta bo‘lib qoldi, men qo‘lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda ko‘taraman. Uning haqqini ado qila oldimmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q, yuztadan bittasini ham ado qilganing yo‘q! Lekin sen yaxshi qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko‘p savob olgaysan!” Hishom ibn Urva otasidan aytadi: Hikmatda yozilgan: “Kim otasini va onasini la’natlasa, u la’natlangandir, kimiki yo‘lto‘sarlik qilsa, la’natlangandir. Yoki ko‘rni yo‘ldan adashtirsa, la’natlangan. Allohdan boshqaga atab biron narsa so‘ysa, la’natlangan, kimiki yer chegerasini o‘zgartirsa, ya’ni yeriga birovning yerini qo‘shib olsa, la’natlangandir”. Ota-onasini la’natlasa, degan so‘zning ma’nosi, ota-onasiga la’nat tegadigan amalni qilishdir. 147. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: “Albatta kishi ota- onasini so‘kishi katta gunohlardandir. So‘raldiki: “Qanday qilib kishi o‘zining ota- onasinnni so‘kadi?” Aytdilar: “Birovning otasini so‘ksa, u uning otasini so‘kadi, birovning onasini so‘ksa, u uning onasini so‘kadi”. 148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Rasulluloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o‘ta tirishqoq, ko‘p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo‘lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg‘ambarga (s.a.v.) erining jon chiqar holatida ekanligini xabar qilmoqchi bo‘lib elchi yubordi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Bilol va Alini, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling