Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 kishiga ajablandim! Dunyoni bilib, dunyo ahliga aylanib, xotirjam yurgan kishiga ajablandim! Jannatni ishonch bilan bilib, yaxshi amallar qilmagan kishiga ajablandim. Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambaridir!” Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, bir kuni Kufa nohiyalarining bir mahallasidan o‘tdi. U yerda bir to‘da fosiqlar to‘planishib, aroq ichishardi. Ular orasida Zazon degan qo‘shiqchi ham bor edi. U yog‘och urib qo‘shiq aytardi. Uning ajoyib ovozi bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu ovozni eshitib, aytdiki: “Bu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa, naqadar yoqimli bo‘lar edi!” deb, ridolarini boshlariga qo‘yib, o‘tib ketdi. Zazon u kishining ovoziin eshitib: “Bu kishi kim?” deb so‘radi. Aytdilarki: “Rasulullohning do‘sti Abdulloh ibn Mas’uddir”. “Nima dedi?” deb so‘radi. Aytishdiki: “Agar bu ovoz Qur’on o‘qishlik uchun bo‘lganda, naqadar chiroyli ovoz bo‘lar edi, dedi”. Uning qalbiga qo‘rqinch tushdi va turib asbobini yerga urib sindirdi. Keyin shoshilib borib u kishini topdi. Ro‘molchasini bo‘yniga qo‘yib, Abdullohning oldida yig‘lay boshladi. Abdulloh uni quchog‘iga olib, ikkoviyam yig‘lashdi, keyin Abdulloh: “Alloh yaxshi ko‘rgan odamlarni qanday yaxshi ko‘rmayin!” So‘ngra Zazon gunohlariga tavba qilib, Abdullohning yonida qoldi. Qur’onni o‘rgandi. Ilm va Qur’ondan nasibasini oldi, hattoki ilmda katta imomlardan biriga aylandi. Ko‘p xabarlarda Abdulloh va Zazon to‘g‘risida naql kelgan. Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Otamning hikoya aytayotganini eshitdim: “Bani Isroilda bir fohisha xotin bor edi. Uning jamoli odamlarni fitnaga solguvchi edi. Uning eshigi hamisha ochiq bo‘lardi. Har kishi uning eshigi oldidan o‘tsa, hovli va eshik oldidagi so‘rida o‘tirganini ko‘rardi. Kimiki unga qarasa, fitnalanib qolardi. Agar uning oldiga kirishni xohlasa, o‘n dinor yo ko‘proq yo ozroq hozirlab kirishi kerak edi, keyin uning oldiga kirishga ruxsat berilardi. Bir kuni uning eshigi oldidan bir obid kishi o‘tib qoldi va nigohi hovliga tushdi. Xotin so‘rida o‘tirgan edi, uni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoldi, so‘ngra o‘z nafsi bilan kurash boshladi. Alloh taologa bu narsani qalbidan ketkazishni duo qilib so‘radi. Undan bu narsa ketmadi. U o‘z nafsiga qattiq toqat bilan bardosh berardi, hattoki o‘zining bor narsalarini sotib, unga yetarli bo‘lgan dinorlarni to‘plab, o‘sha xotinning eshigi oldiga keldi. Xotin pulni o‘zining vakiliga topshirishni buyurdi va qaysi vaqtda kelishni va’dalashishdi. Belgilangan vaqtda u xotinning oldiga keldi. Xotin ziynatlanib, uyida – so‘risida o‘tirar edi. Obid kirib keldi. U bilan so‘ri ustida o‘tirdi. Qo‘lini unga cho‘zib,uzangan vaqtida, Alloh taolo uni o‘z rahmati bilan to‘g‘irladi. O‘tgan ibodatlarining barakotidan qalbida: “Shubhasiz, mening bu holatimni Alloh taolo ko‘rib turibdi”, degan haybat namoyon bo‘ldi. “Men harom ish ustidaman, endi hamma amallarimni bekor qiladi”, deb qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi, tizzalari qaltirab, ranglari o‘zgarib ketdi. Xotin unga qarab, rangi o‘zgar-ganini ko‘rib: “Senga nima bo‘ldi?” deb so‘radi. Obid “Men Allohimdan qo‘rqaman, mening ketishimga ruxsat bergin” dedi. Xotin aytdi: “Sho‘ring qursin, menga yetishni odamlar orzu qiladilar, senga nima bo‘ldiki, bunday qilasan?” Obid: “Men Allohimdan qo‘rqaman, to‘lagan pulim senga, u senga halol, mening ketishimga ruxsat bergin”, dedi. Xotin: “Sen avval bu ishni qilmaganga o‘xshaysan?” dedi. “Yo‘q, qilmaganman”. Xotin: “Sen qaerdan bo‘lasan, isming nima?” deb so‘radi. U falon qishloqda turishini va ismini aytdi. So‘ngra xotin: “Mayli, keta qolgin”, dedi. Obid uning oldidan chiqdi. U o‘ziga vayl (azob) va o‘limni chaqirar, boshiga tuproq sochar edi. Qo‘rqinch xotinning ham qalbiga kirdi. O‘ziga-o‘zi aytdiki: “Bu odam birinchi gunoh qilishi ekan, shu ishi uchun unga shunchalik qo‘rquv tushdi. Men esa necha yillardan beri gunoh qilib kelaman, u qo‘rqadigan Rabbi mening ham Rabbim! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling