Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 borar joyi do‘zax bo‘lur” (Moida, 72). Alloh kechiradigan gunoh bilan o‘z nafsiga zulm qilishi, o‘zi va Rabbi orasidagi zulmlardir. Alloh biror narsani tark qilib qo‘ymaydigan gunoh bandalarning ba’zilariga ba’zilari qilgan zulmidir. 137. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, qiyomat kunida qiyomat ahllari huquqlari ado qilinadi (ya’ni bir-biridan o‘ch olinadi), hattoki shoxsiz qo‘y uchun shoxli qo‘yni bog‘latib, uni suzdiriladi”. Banda xusumatchisini rozi qilishga intilishi lozim. Agar gunoh o‘zi bilan Alloh orasida bo‘lsa albatta, Alloh mehribon zot, istig‘for so‘rasa, U gunohlaridan kechadi. Agar gunoh uning bilan odamlar orasida bo‘lsa, u kishiga mazlumni rozi qilishlik zarurdir. Modomiki, husumatchisini rozi qilmasa, unga kechirim so‘rash, tavba qilish foyda bermaydi. Agar bu dunyoda rozi qilmasa, oxiratda uning yaxshiliklaridan olinadi, bu haqda xabar kelgan. 138. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?” “Bizning nazarimizda muflis na dirhami, na dinori, na matosi bo‘lgan kishidir”, deyishdi. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Ummatimdan muflis qiyomat kunida namoz bilan, ro‘za bilan hamda, buni so‘kdi, bunga tuhmat qildi, zinokor, buning molini yedi, buning qonini to‘kdi, urdi, degan hujjatlar bilan keladi. Mana shu ishlari uchun yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari tugasa, foyda-zarariga hukm qilmasdan oldin, uning xatolaridan olinadi, so‘ngra uning ustiga xatolari tashlanib, do‘zaxga yuboriladi”. Allohdan tavbaga muvaffaq bo‘lishimizni so‘raymiz. Albatta, tavba qilishda sobit bo‘lishlik tavbadan qattiqdir! Muhammad ibn Sirin, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir yaxshilik qilib, so‘ng uni tark qilishdan saqlan. Chunki birov tavba qilib, keyin yana gunohga qaytib, najot topgan emas. Tavba qilguvchi ajalini ikki ko‘z orasida bilmog‘i lozim bo‘ladi, ya’ni qilgan tavbasida sobit bo‘lishi va o‘tgan gunohlarini tafakkur qilmog‘i, istig‘forni ko‘paytirmog‘i lozim va tavbadek ulug‘ ne’matga musharraf qilganligi uchun shukr qilmoqlik va qiyomat kunidagi savoblar to‘g‘risida o‘ylashlik kerak bo‘ladi. Chunki qiyomat savoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni ezgulikka undaydi va qiyomatning azoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni yomonliklardan qaytaradi”. 139. Abu Zarr, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Yo Rasululloh, Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Aytdilar: “Unda misollar va ibratlar bor: do‘zaxning borligini ishonch bilan bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim! O‘limning haqligini ishonch bilan bilib, xursandchilik bilan yurgan kishiga ajablandim! Hisob-kitobni ishonch bilan bilib, gunohlar qilib yurgan kishiga ajablandim! Qadarni ishonch bilan bilib, xafa bo‘lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling