Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan 
qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” 
(Niso,1). Ya’ni, qarindoshlikni uzib qo‘yishlikdan qo‘rqingiz. Silai rahm qilingiz. 
Uni uzmangiz! Va boshqa oyatda: “(Ey Muhammad) qavmu qarindoshlar, 
miskin va yo‘lovchi haqlarini ado eting” (Isro, 26). Ya’ni, yaxshilik va silai rahmdan 
ularga haqqini bering. 
Boshqa oyatda: 
“Albatta, Alloh taolo adolatga, chiroyli amallarni qilishga buyuradi” (Nahl, 90), 
ya’ni odamlarga yaxshilik qilishga va ularni kechirish va afv etishga buyuradi; 
“va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur”, ya’ni silai rahmga buyuradi. 
Alloh ushbu uch narsaga buyurib, quyidagi uch narsadan qaytaradi. Alloh aytadiki: 
“Va buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur”, ya’ni fahsh ishlardan, 
gunohlardan, yomon ishlardan, shariat va sunnatda bo‘lmagan ishlar qilishdan 
qaytaradi; “Sizlarga pand-nasihat qilur”, ya’ni sizlarni bu uch narsaga buyurib, bu 
uch narsadan qaytaradi”. “Shoyadki, ibrat-eslatma olsalaringiz” (Nahl, 90). 
164. Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Rasululloh menga do‘st edilar, 
musulmonchilikni u kishidan uyalganimdan bo‘ynimga oldim. Chunki meni Alloh taologa 
chaqirardi va Islomni qabul qilgan vaqtimda hali qalbimda Islom qaror topmagan edi. Bir 
kuni u kishining oldida o‘tirar edim. Shu vaqt mendan yuzlarini o‘girdilar. Go‘yoki birov 
bilan gaplashayotganday edilar. Keyin men tomonga burilib, aytdilar: “Jabroil tushib 
menga bu oyatni o‘qidi: “Albatta, “Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-
qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyuradi” (Nahl, 90). Shu bilan juda xursand bo‘ldim.
Islom qalbimda qaror topdi. U kishining oldidan turib, amakisi Abu Tolibning oldiga 
keldim-da, jiyaning oldida edim, bu oyat u kishiga tushdi, dedim. Abu Tolib aytdi: 
“Muhammadga ergashinglar, najot topasizlar, to‘g‘ri yo‘l tutasizlar. Allohga qasamki, 
albatta akamning o‘g‘li yaxshi xulqlarga buyuradi. Agar u yolg‘onchi yoki sodiq bo‘lsa 
ham, sizlarni yaxshilikka chaqiradi. Bu xabar Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Uni Islomga 
kirishini umid qildilar. Abu Tolib bosh tortdi. Keyin bu oyat nozil bo‘ldi: “(Ey 
Muhammad!) Aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qilaolmassiz, lekin 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling