Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ey mo‘minlar, aroq, qimor, butlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 holatda qoldi va o‘ziga aytdiki, fahsh ishga hech ham bormayman. Bu bolani o‘ldirmayman! Kel, aroqni ichganim yaxshiroqdir, deb aroqni ichibdi. Bir piyolasidan so‘ng, yana quyishni so‘radi. Allohga qasamki, ko‘p o‘tmay xotin bilan yaqinlik ham qildi, bolani ham o‘ldirdi”. Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Undan qochinglar, chunki u iflosliklarning onasidir. Allohga qasamki, imon va aroq kishining qalbida jam bo‘lmaydi. Agar jam bo‘lsa ham, bittasi ikkinchisini ketkizadi”. Ya’ni, agar aroq ichuvchi aroq ichsa, mast bo‘lib, uning tiliga kufr kalimasi keladi va uning tili bu narsaga o‘rganib qoladi, o‘layotgan vaqtida tiliga kufr kalimasi kelib qolishidan qo‘rqiladi. So‘ngra u bu dunyodan kufr holatda ketadi va abadiy do‘zax azobida qoladi. Chunki bandalardan imonning uzilishi o‘lim paytida – jon ketish vaqtida bo‘ladi. Buning sababi hayotlik vaqtida gunohlar qilganligidir. So‘ngra esa pushaymon va hasratda qoladi. Zahhok aytdi: “Kimki aroqni doimiy ichuvchi holatida vafot etsa, qiyomat kunida mast holatda tiriladi”. 185. Said Qatodan rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga aytdilar: “To‘rt nafar kishi jannat hidini topmaydi. Uning hidi besh yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi, bular baxil, minnat qiluvchi, aroq ichuvchi, ota-onaga oq bo‘luvchi kishilardir”. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Aroqda o‘n kishi la’natlanadi: uni siqib oluvchi va siqdiruvchi, uni ichuvchi, uni quyuvchi, ko‘taruvchi, uning uchun ko‘tariluvchi, savdogar, savdolashgan, uni sotuvchi, oluvchi va uni ekkan kishi”. 186. Ba’zi xabarlarda Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, aytdilar: “Qiyomat kunida aroq ichuvchi qabridan o‘laksadan ham sassiqroq bo‘lib chiqadi. Ko‘za uning bo‘yniga osilgan, qo‘liga piyolasi bog‘langan, uning butun eti va terisining orasini ilon va chayonlar to‘ldirib olgan. Olovdan etik kiygan. Uning bosh miyasi qaynaydi. U qabrini do‘zax chuqurligidan chuqur bir qabrda topadi. Do‘zaxda Fir’avn va Homonlar bilan yaqin bo‘ladi”. 187. Oyisha onamiz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadiga chayon va ilonni ega qilib qo‘yadi. Kim uning hojatini chiqargan bo‘lsa, Islomni buzishiga yordam bergan bo‘ladi. Kim unga qarz bergan bo‘lsa, mo‘minni o‘ldirishiga yordam bergan bo‘ladi, kim u bilan o‘tirishgan bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kunida uni ko‘r qilib, hushi yo‘q holatda tiriltiradi, kimiki aroq ichsa, uni uylantirmanglar. Agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar, agar shohidlik bersa, shohidligini qabul qilmanglar. Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, aroq ichgan kishi Tavrotda, Injilda, Zaburda, Furqonda (Qur’onda) la’natlangandir. Kim aroq ichsa, Allohning payg‘ambarlariga tushirgan kitoblarini inkor qilibdi. Kim halol sanasa, kofir bo‘libdi, kim xamrni halol sanasa, dunyo va oxiratda men undan bezorman”. Ato ibn Yosir aytadi: Bir kishi Ka’b-ul Ahbordan so‘radi: “Aroq Tavrotda harom qilinganmi?” “Ha”, dedi, keyin bu oyatni o‘qidi: “Ey mo‘minlar, aroq, qimor, butlar Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling