Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 Qo‘shnisi uchun uning tinchligi, omonligi uch narsa bilandir: qo‘li bilan: tili bilan; avrati bilan. Tili bilan omon bo‘lishi, qo‘shnisi eshitib qolishidan qo‘rqadigan va qo‘shnisining oldida gapirishdan uyaladigan gap-so‘zlarni gapirmasligidir. Qo‘ldan omon bo‘lishligi, agar qo‘shnisi bozorda bo‘lsa-yu, qopi qo‘shnisining uyida qolganini eslab qolsa, shunda qo‘shnining uyi ham o‘zimning uyimdek-ku, xaltamga hech kim tegmaydi, deb xotirjam bo‘lishidir (ya’ni shu darajada ishonishidir). Avratidan omonda bo‘lishi, agar u safarda bo‘lsa va uyiga qo‘shnisi kirganini eshitib qolsa, qalbi xotirjam bo‘lib, xursand bo‘lishidir (ya’ni shunday xotirjamlik darajasida ishonch, mehr-sadoqat o‘rtada bo‘lishidir). Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta axloq johiliyat davrida yaxshi sanalgan edi, lekin musulmonlar nazdida yanada yaxshiroqdir: 1) agar unikiga mehmon tushsa, unga yaxshilik qilishga harakat etadilar; 2) agar xotini qarisa, uni taloq qilmaydi. Uning zoe’ bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z uyida ushlab turadi; 3) agar qo‘shnilari qarzdor bo‘lsa yoki musibat yoki qiyinchilik yetsa, harakat qilib, qarzini to‘laydilar va o‘sha musibatlardan uni chiqaradilar”. 180. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekanll va aytar ekan: “Ey Parvardigor, sen bu og‘aynimga rizqni keng qilding, menga kamaytirib berding, men kechani och o‘tkazdim, u to‘q o‘tkazdi. Undan so‘ragin, nima uchun menga eshigini yopdi va Sen unga keng qilgan narsadan meni mahrum etdi?” Sufyon Savriy aytdi: “O‘nta narsa jafodandir: 1) kishi yoki xotin, o‘ziga duo qilsa-yu, ota-onasiga va mo‘minlarga duo qilmasa; 2) kishi Qur’on o‘qishni bilsa-yu, undan har kuni yuz oyat o‘qimasa; 3) kishi qabristonlardan o‘tib, u yerdagilarga salom bermasa va ularga duo qilmasa; 4) bir kishi masjidga kirib, unda ikki rak’at namoz o‘qimasdan chiqib ketsa. 5) Kishi juma kuni shaharga kelib, juma namozini o‘qimasa; 6) Kishi yoki xotin tushgan mahallaga olim tushsa-yu, u olimning ilmidan biron narsa o‘rganish uchun bormasa; 7) Ikki kishi yo‘lda birga bo‘lishsa-yu, bir-biridan ismini so‘ramasa; 8) Yigit bo‘sh bo‘lib, yoshligini bekor o‘tkazsa, ilm va odobni talab qilmasa; 9) Bir kishini ziyofatga chaqirsa, u odam ziyofatga bormasa; 10) Kishi o‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och bo‘lsa, o‘zi yeydigan taomdan hech narsa bermasa...”. Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: Qo‘shnichilikning chiroyi va komilligi to‘rt narsadadir: 1) qo‘shniga hamdard bo‘lish; 2) qo‘shnisida bor bo‘lgan narsaga tama’ qilmasligi; 3) undan (o‘z) aziyatini to‘smog‘i; 4) qo‘shni tomonidan bo‘lgan aziyatga sabr qilmog‘i. _____________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling