Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga”
- “yaxshilik qilinglar”
“Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga
yaxshilik qilinglar”, ya’ni Allohni denglar. Unga ibodat qilinglar, Unga sherik qilib olmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, ya’ni ota-onaga chiroyli holatda muomalada bo‘lib, yaxshilik qilinglar, hamda “qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga” qarindosh qo‘shniga va begona qo‘shniga, ya’ni yaqinlarin-gizga silai rahm va hadya qilishlik bilan yaxshilik qiling-lar. Yetim va miskinlarga sadaqa berishlik va chiroyli so‘z bilan yaxshilik qilinglar; “yo‘lovchi musofirga”, ya’ni yo‘ldan o‘tib turib qo‘noq bo‘lgan mehmonga va “qarindosh qo‘shniga”, ya’ni siz va uning orasida qarindoshchilik bor qo‘shniga “yaxshilik qilinglar” (Niso, 36). Ya’ni siz bilan uning orasida qarindoshchiligi yo‘q qo‘shniga ham. 177. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi: ulardan birinchisida uch haq bo‘ladi; keyingisida ikki haq; uchinchisida bir haq bo‘ladi. Uchta haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh qo‘shnidir; ikkita haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon qo‘shnidir. Bitta haqqi bo‘lgan qo‘shni esa, zimmiy qo‘shnidir”. Ya’ni, qo‘shni qarindosh va musulmon bo‘lsa, ular uchun qarindoshlik haqqi, Islom haqqi va qo‘shnichilik haqlarni bor. Ikkita haqqi bori musulmon qo‘shnidir. Unda Islom haqqi va qo‘shnichilik haqqi bor. Ammo bitta haqqi bori zimmiy (g‘ayridin) qo‘shnidir. Uning qo‘shnichilik haqqi bor. Agar qo‘shni zimmiy bo‘lsa ham, uning haqqini berish lozim bo‘ladi. 178. Abu Zarr G‘iforiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar: “Eshitgin va itoat qilgin. Burni kesilgan qul bo‘lsa ham. Bas, agar sho‘rva qilsang, uning suvini ko‘paytirgin, keyin qo‘shnilaringning ahllariga qaragin va sho‘rvangdan ularga ham bergin, namozingni vaqtida o‘qigin”. Va aytildi: “Uch qo‘shni bo‘lib, uchchalasi ham rozi bo‘lsa, keyin inson o‘lsa, uning gunohlari kechiriladi”. 179. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Unga o‘zing ozor berishdan tiyilgin va uning ozoriga sabr qilgin va ajralishmoq uchun o‘lim kifoyadir”, dedilar. Hasan Basriy aytdi: “Qo‘shnidan aziyatni tiyish yaxshi qo‘shnichilik emas, yaxshi qo‘shnichilik, qo‘shnidan bo‘lgan aziyatga sabr qilishlikdir”. Amr ibn Os aytdi: “Qarindoshchilikni bog‘lovchi kishiga bog‘lanib, uzilgan kishidan uzilganni bog‘lovchi deb bo‘lmaydi, balki u insofli kishidir. Albatta, haqiqiy bog‘lovchi esa kim uzgan bo‘lsa, bog‘laydi: kim xafa qilgan bo‘lsa, yumshoqlik, latiflik qiladi. Halim inson ham qavmi unga halimlik qilganda halimlikni qilib, unga qo‘pollik qilganda qo‘pollik qiladigan kishi emasdir. Balki u insofli kishidir, haqiqiy halim esa unga halimlik qilganda ham, qo‘pollik qilganda ham, go‘zal muomalada bo‘lguvchi kishidir”. Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Musulmon kishi qo‘shnining aziyatiga sabr qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘shnisiga biror aziyat bermaydi. Qo‘shni undan omonda bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling