Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Abdulloh ibn Umar aytdi, Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin: “Aroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda keltiriladi. Ko‘zlari ko‘kargan, tupuklari oqqan, tili ko‘kragiga tushgan holda turadi. Undagi hidning sassiqligidan, kim oldidan o‘tsa, jirkanadi. Aroq ichganga salom bermanglar, kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar. O‘lib qolsa, janoza o‘qimanglar”. Masruq aytadi: “Aroq ichuvchi kimsa butga ibodat qiluvchi kabidir. Aroq ichuvchi kimsa Lot va Uzzo (kabi butlar)ga ibodat qiluvchi kabidir”. Ka’bul Ahbor aytadi: “Bir qadah olovni ichmoqligim bir qadah aroqni ichishimdan yaxshiroqdir”. 181. Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilar: “Mast qiluvchi hamma narsa xamrdir. Mast qiluvchi narsaning hammasi haromdir. Kim dunyoda aroq ichib, tavba qilmasdan, aroqni ichishda davomiylik bilan o‘lsa, oxiratda u (sharob) ichmaydi”. Faqih aytdi: “Har bir mast qiluvchi narsa haromdir”, degan hadisning ma’nosi pishirilgan bo‘lsa ham, pishirilmagan bo‘lsa ham, deganidir. 182. Bu gap Jobir ibn Abdullohdan qilingan rivoyat kabidir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ko‘pi mast qilguvchi narsaning ozi ham haromdir”. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Pishirilgan aroqni ichuvchi oddiy aroq ichuvchidan ko‘ra qattiqroq gunohkordir. Chunki aroq ichuvchi fosiqdir. Kim pishirilgan aroq ichsa, uning kofir bo‘lib qolishidan qo‘rqiladi, chunki aroqni ichuvchi kimsa aroq harom deb iqror bo‘lib ichadi, pishirilgan hamrni ichuvchi mast qiluvchi narsani ichadi, u esa buni halol sanaydi. Musulmonlar ijmosida mast qiluvchi narsaning ozi ham, ko‘pi ham haromdir. U agar uni halol desa, ijmoi ulamoga ko‘ra kofir bo‘ladi. 184. Usmon ibn Affon, Alloh undan rozi bo‘lsin, xutba qilib aytdi: “Ey odamlar, aroqdan saqlaninglar. Chunki u yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldin bir zohid kishi bor edi. To‘xtovsiz masjidga qatnardi. Unga bir yomon xotin uchradi. Bu xotin cho‘risiga uni uyiga kirgizishni buyurdi. Uni uyiga kirgizib, eshikni mahkamladi. Xotinning oldida bir ko‘za aroq, bir bola bor edi. Xotin unga: “Mendan qochib qutula olmaysan, bu aroqni ichmasang, yoki menga yaqinlik qilmasang, yoki bu bolani o‘ldirmasang, mening uyimga kirib oldi, deb baqiraman. Senga u paytda kim ishonadi?” dedi. Bu payt yigit og‘ir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling