Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ularning orasida: “Qasamki, agar (Alloh) bizga o‘z fazli karamidan (mol- davlat) ato qilsa, albatta biz kambag‘allarga sadaqotlar qilurmiz va solih
www.ziyouz.com kutubxonasi
93 XVI BOB. YOLG‘ONDAN QAYTARISH 196. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “O‘zlaringga to‘g‘riso‘zlikni (sidqni) lozim tutinglar. Chunki to‘g‘ri so‘zlik yaxshilikka yo‘llaydi va yaxshilik jannatga yo‘llaydi. Kishi to‘g‘ri gapirishlikda davomli bo‘lsa va to‘g‘rilikni qasd qilsa, Alloh nazdida siddiq deb nomlanadi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar! Chunki yolg‘onchilik fujur ishlarga yo‘llaydi va fujur jahannamga yo‘llaydi. Kishi yolg‘on gapirishlikda davom etsa va yolg‘onchilikni qasd qilsa, Alloh nazdida yolg‘onchi deb nomlanadi”. 197. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Munofiqni uch narsa bilan sinab ko‘ringlar: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi va ahdlashsa buzadi”. Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Alloh taolo uni tasdiqlab mana bu oyatni nozil qildi: “Ularning orasida: “Qasamki, agar (Alloh) bizga o‘z fazli karamidan (mol- davlat) ato qilsa, albatta biz kambag‘allarga sadaqotlar qilurmiz va solih bandalardan bo‘lurmiz”, deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham bordir. Endi qachonki (Alloh) ularga o‘z fazlu karamidan (mol-dunyo) ato qilsa, unga baxillik qilurlar va yuz o‘girgan hollarida keturlar. Bas, (sadaqalar berurmiz) deb Allohga bergan va’dalariga xilof qilganlari va (imon keltiramiz) deb yolg‘on gapiruvchi bo‘lganlari sababli (Alloh) ularga to uning o‘ziga ro‘baro‘ bo‘ladigan kungacha dillarida nifoq bo‘lishini oqibat qilib qo‘ydi” (Tavba, 75-77). 198. Luqmoni Hakimdan so‘raldi: “Sizni shu darajaga nima yetkazdi?” Aytdi: “To‘g‘riso‘zlik, omonatni ado qilish va keraksiz bo‘lgan narsalarni tark qilish”. 199. Aytildi: “Yo Rasulalloh, mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?” Aytdilar: “Ha”. “Mo‘min baxil bo‘ladimi?” “Ha”, dedilar. “Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?” “Yo‘q”, dedilar. 200. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringizdan olti narsada men uchun kafil bo‘lingizlar, sizlarga jannatning kafolatini bergayman. Gapirsangizlar, to‘g‘ri so‘zlangizlar; va’da bersalaringiz, vafo qilingizlar; omonat olsangizlar, ado qilingizlar va farjlaringizni saqlangizlar, ko‘zlaringizni tiyingizlar. Va qo‘llaringizni harom yo‘llardan tutib turingizlar”. Faqih aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) bu olti narsada jamiki yaxshi narsalarni jam qildilar. 1. “Gapirsangiz, to‘g‘ri gapiringizlar”. Bunda ko‘zda tutilgani tavhid kalimasidir va boshqa kalimalar ham kirgan. Ya’ni, vaqtiki “La ilaha illalloh”, desa uning so‘zi o‘zi uchun to‘g‘ri bo‘ladi va odamlar bilan gaplashganda ham to‘g‘ri bo‘ladi. 2. “Va’da bersangizlar, vafo qilinglar”, ya’ni Alloh va uning orasidagi o‘zaro va’dadir. Ya’ni o‘zi va Alloh oldidagi va’dasi o‘z imonida sobit bo‘lmog‘idir, to o‘limi-gacha. Ammo u (banda) orasida va odamlar orasidagi va’da, odamlar bilan hamma va’dalariga vafo qilishdir. 3. “Omonat olsangizlar, ado qilinglar”. Omonat ikki xil bo‘ladi: 1) o‘zi va Alloh orasidagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling