Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 odam qirg‘oqqa chiqaman desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh bilan urib, daryoga qaytarib tushirib yuborardi. U yana chiqaman desa, tag‘in urib tushirib yuborar edi. “Bu nima?”, desam, ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Keyin ko‘rinishi xunuk bir odamning oldiga keldik, uning atrofida katta alanga bor, unga o‘t tashlar-di va atrofida sai’ harakat qilardi. “Subhonalloh, bu nimadir?” dedim. Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor edi, uning tagida bir chol bir to‘da bolalar bilan o‘tirardi. Men shu choqqacha bunday muhtasham uyni ko‘rmagan edim. Uning ichida chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor ekan. Keyin meni daraxtning yuqorisidagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq edi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan ekan. Men sheriklarimga qarab: “Bu kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni aytib tushuntirib beringlar”, dedim. Ular: “Bo‘pti”, deb menga tushuntira ketdilar. Boshi majaqlanayotgan odam, Qur’ondan bexabar bo‘lib, u kechalar g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab azob berilgaydir. Va lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob, yolg‘onchi bo‘lib, uning gaplari ufqqa qadar yetib borgandir. Unga o‘zing ko‘rganingdek azob berilgaydir. Chuqurda ko‘rganlaring zino qilgan odamlardir. Daryoda ko‘rganlaring sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol esa, Ibrohim alayhissalom, atrofidagi bolalar odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O‘t yondirayotgan kishi – o‘t yoquvchilar boshlig‘i. Sen kirgan birinchi uy umum mo‘minlar uyidir. Ammo keyingi uy esa shahidlarniki, men bo‘lsam Jabroildirman, bu esa Mikoildir”. “Bir kishi so‘radi: “Mushriklarning farzandlari-chi?” deb. Aytdilar: “Mushriklarning ham bolalari Ibrohim alayhissalomning oldilarida bo‘ladi”. Mushriklarning bolalari to‘g‘risida har xil xabarlar kelgan. Ba’zilar jannat ahli uchun xizmatchi bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar, ular do‘zax ahlidandir, deyishadi. Alloh bilguvchiroqdir. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadi: “So‘zlarning to‘g‘risi – Alloh kalomi; gapning ulug‘rog‘i – Allohni zikr qilish; ko‘rlikning eng yomoni qalb ko‘rligidir. Ko‘p bo‘lib, naf bermaganidan, oz bo‘lib, naf bergani yaxshi. Pushaymonning yomoni qiyomat kunidagi pushmaymondir. Boylikning yaxshisi nafs va qalb boyligidir. Ozuqaning yaxshisi taqvodir. Aroq gunohlarning jam qiluvchisidir. Xotinlar shaytonlarning iplaridir. Yoshlik jinnilikdan bir bo‘lakdir. Kasblarning yomoni ribo (sudxo‘rlik) kasbidir. Xatolarning ulug‘rog‘i tilning yolg‘onchiligidir”. 203. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Yolg‘onchilik uch narsada durust bo‘ladi: urushda, chunki urush aldashlikdir, ikki kishining orasini isloh qilishda; er-xotinning orasini isloh qilishda”. Ba’zi tobe’inlardan rivoyat qilindi: “Bilingki, to‘g‘rilik avliyolarning ziynatidir, albatta, yolg‘onchilik badbaxtlarning alomatidandir”. Alloh taolo o‘z kitobida bayon qilganidek: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling