Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
97 “Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kirib aytgin, bizlar falon kundan buyon go‘sht tanovul qilgan emasmiz, kelgan go‘shtdan bizga yuborsinlar”, dedilar. Zayd ularning oldilaridan chiqib ketgandan keyin, ular: “Zayd ham bizlar Rasulullohdan olganimizchalik olgan, xolos, qanday qilib bizga hadis aytadi”, deyishdi. Shu vaqt Zayd Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kirib, ularning istagini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ularga hozirgina go‘sht yedilaringiz-ku, deb aytgin”, dedilar. Zayd ularning oldilariga kelib, bu gapni yetkazdi. Ular: “Allohga qasamki, falon kundan buyon go‘sht yeganimiz yo‘q”, deyishdi. Zayd yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning so‘zlarini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.) yana takror qilib: “Ular hozirgina go‘sht yedilar”, dedilar. Zayb yana qaytib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini ularga yetkazdi. Shundan so‘ng ular o‘rinlaridan turib, Payg‘ambar (s.a.v.) yonlariga kelishdi va: “Yo Rasululloh, bizlar falon-falon vaqtdan beri go‘sht tanovul qilgan emasmiz”, deyishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: “Hozirgina birodarlaringizning go‘shtidan yedingiz-ku, go‘shtning izi tishlaringizda bor, tupursalaringiz, go‘shtning qizilligini o‘zlaringiz ko‘rasizlar”, dedilar. Shundan so‘ng ular tupurganlarida og‘izlaridan qonli tupuk tushganini ko‘rdilar. Shu paytning o‘zida tavba qildilar va Zayddan uzr so‘rab: “Bizlar faqat yaxshilikni ko‘zlagan edik”, dedilar. 208. Jobir ibn Abdulloh, Alloh ikkalasidan ham rozi bo‘lsin, shunday rivoyat qildi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq bir hidli shamol esib qoldi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Munofiqlar musulmonlarni g‘iybat qildilar, shuning uchun badbo‘y hidli shamol esyapti”, dedilar”. Hakimlarning ba’zilariga aytildi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida g‘iybat shamoli sassiqligining bilinishida va bizning zamonamizda bu narsaning yo‘qligida qanday hikmat bor?” Javob berishdiki: “Chunki bizning davrimizda g‘iybat ko‘payib, burunlarimiz g‘iybatning sassiq hidi bilan to‘lib bitgan, buning o‘xshashi: Bir kishi teri oshlovchi-larning oldilariga kirsa, terining sassiq hididan ular-ning yonlarida tura olmaydi, biroq u joyda ishlovchilar bemalol ishlab, o‘sha joyda ovqatlanib, choy ichishadilar, ular sassiq hidni sezmaydilar. Chunki ularning burunlari shu sassiq hid bilan to‘lib bo‘lgan. Bizdagi hozirgi g‘iybat ishlari shunday holatdadir”. 209. Suddiydan rivoyat qilindi: Salmon Forsiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, odamlar bilan safarda edi, ular orasida Umar (roziyallohu anhu) ham bor edi. Ular bir joyda tushdilar va chodirlarini tikishib, ovqat qila boshladilar. Salmon esa uxlab qoldi. Oldilaridan bir kishi: “Bu qul tayyor chodirlarni, pishirilgan ovqatlarnigina xohlaydi”, dedi. Hamrohlari Salmonni uyg‘otib: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga borgin va bizlar uchun ovqat so‘ragin”, deyishdi. So‘ng Salmon payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning istagini bildirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Salmonga aytdilar: “Ularga aytgin, ular ovqatlanishdi”. Salmon esa darhol Payg‘ambarimiz (s.a.v.) gaplarini ularga yetkazdi. Ular esa: “Ovqatlanmadik”, deyishdi. Shunda Salmon Forsiy: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sizlarga yolg‘on so‘zlamaydilar”, dedi. So‘ngra ularning hammasi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga qaytib keldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: “Sizlar birodarlaringizning go‘shtidan yedilaringiz, chunki u uxlagan paytda u haqda nima deb gapirgan bo‘lsangiz o‘shadir” dedilar va ularga ushbu oyatni o‘qidilar: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling