Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Ko‘p gumondan chetlaninglar! Chunki ayrim (gumon)lar gunohdir”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Ko‘p gumondan chetlaninglar! Chunki ayrim (gumon)lar gunohdir” (Hujurot, 
12). 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
Sufyon Savriy aytdiki: “Gumon ikki xildir. Birida gunoh bor, birida gunoh yo‘qdir. Gunoh 
bor gumon – oldin qalbida saqlab, keyin tili bilan aytadi, ikkinchisi, gunoh yo‘q gumon, 
qalbida saqlaydi, ammo gapirmaydi. “Josuslik qilmanglar”, ya’ni birodaringizning 
ayblarini izlab yurmanglar. “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin. 
Sizlardan biringiz o‘lik birodarlaringiz-ning go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi? 
Ana, yomon ko‘rdingizmi?” (Hujurot, 12), ya’ni o‘lgan birodlarlaringizning go‘shtini 
yomon ko‘rganlaringizdek, birodaringiz yo‘q paytida uni yomonlik bilan zikr qilishdan 
saqlaningizlar. 
210. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, ushbu: “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat 
qilmasin”, oyati borasida aytadi: “Bu oyat Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ikkitasi 
haqida tushgan bo‘lib, bu voqea shunday bo‘lgan. 
Payg‘ambar (s.a.v.) safar paytida ikki boy kishiga kambag‘al bir kishini hamroh qildilar 
va unga ikki boy kishining ozuqasidan yeyishligi va safarini o‘tkazishligi uchun ikkoviga 
joylarini hozirlashi, ovqatini qilib berishi, ularning qanday xizmati bo‘lsa, bajarishini 
aytdilar. 
Salmonni, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytilganidek, ikki kishiga qo‘shdilar. Kunlarning birida 
ular bir joyga tushdilar. Salmon esa ularga hech narsa tayyorlay olmadi. Shundan so‘ng 
ikkalasi Salmonga: “Sen Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga borgin va bizlarga ovqat 
so‘ragin”, deyishdi. 
Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yonlariga ketdi. Salmon ketganidan keyin, biri 
ikkinchisiga dedi: “U anavi quduqqa yetguncha holdan toyib qoladi”. 
Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga yetib kelib, ularning aytgan so‘zlarini 
bayon qildi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Ularga ayt, sizlar ovqatlaringizni yeb bo‘ldilaringiz, deb”. 
Salmon qaytib kelib, u ikkisiga Payg‘ambarning (s.a.v.) so‘zlarini yetkazdi. Ular 
Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldilar. Va o‘zlarining hech qanday ovqat 
yemaganliklarini aytishdi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) ularga: “Sizlarning og‘izlaringizda 
go‘shtning qizilini ko‘ryapman”, dedilar. 
Ular esa yana: “Bizlar go‘sht yeganimiz yo‘q, ovqat ham yeganimiz yo‘q”, deyishdi. 
Payg‘ambar (s.a.v.): “Albatta, sizlar birodarlaringizni g‘iybat qildilaringiz”, dedilar. 
Shundan so‘ng, so‘radilar: “O‘lik go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rasizlarmi?” 
Ular: “Yo‘q”, deb javob berishdi. 
Shundan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.): “O‘lik go‘shtini yeyishni yomon ko‘rganingizdek, 
birovni g‘iybat qilmangizlar. Chunki kimki o‘z birodarini g‘iybat qilsa, uning go‘shtini 
yebdi”, dedilar. Shu bois ushbu oyat nozil bo‘ldi: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling