Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Bu kun (ya’ni qiyomat kuni) haq - rost imon keltirganlarga rost so‘zlari foyda
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘sha yolg‘onchilarga o‘lim – la’nat bo‘lg‘ay” (Vaz-Zariyot, 10) va yana: “o‘zi Islomga da’vat qilayotgan holida (u da’vatni qabul qilishi o‘rniga) Alloh
- XVI bob. Yolg‘ondan qaytarish bobi hadislari
“Bu kun (ya’ni qiyomat kuni) haq - rost imon keltirganlarga rost so‘zlari foyda
beradigan kundir”. (Moida, 119) va yana aytadi: “Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz” (Tavba, 119) va yana aytdi: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 96 “Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni Muhammad (s.a.v.) va uni tasdiq etgan (mo‘min)lar – ana o‘shalar taqvodor zotlardir” (Zumar, 33). Alloh taolo yolg‘onchilarni yomonladi va la’natladi. Alloh taolo o‘z kalomida aytadi: “O‘sha yolg‘onchilarga o‘lim – la’nat bo‘lg‘ay” (Vaz-Zariyot, 10) va yana: “o‘zi Islomga da’vat qilayotgan holida (u da’vatni qabul qilishi o‘rniga) Alloh sha’niga yolg‘on to‘qigan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas” (Sof, 7). ______________ XVI bob. Yolg‘ondan qaytarish bobi hadislari 1. Ibn Mas’ud. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringga to‘g‘ri so‘zlikni olinglar... Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6094/10) va Muslim (103- 2607/4). 2. Ibn Mas’ud. «Munofiqni uch narsada sinab ko‘ringlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (33), Muslim (59). 3. Molik. “Luqmoni Hakimdan aytildi...” Zaif*. Molik, “Al-Muvatto” (17-990/2). 4. Safvon ibn Muslim. “Yo Rasululloh! Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi...” Mursal*. 5. Uboda ibn Sobit. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringdan olti narsani...” Hasan*. Ahmad (323/5), Hokim (358/4) va “As-sahihat” (1470). 6. Hadis. “Alloh qarovchiga ham, qaralganga ham la’nat o‘qiydi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (17788). 7. Sumra ibn Jundub. “Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib...” Sahih*. Ahmad (8/5). XVII BOB. G‘IYBAT 204. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar g‘iybat nima ekanligini bilasizlarmi? “Sahobalar javob berdilarki: “Alloh va rasuli biladi”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar birodaringizni o‘zi yomon ko‘rgan narsa bilan zikr qilsangiz, albatta g‘iybat qilibsiz”. So‘radilarki: “Men aytgan so‘zimni birodarlarimda ko‘rgan bo‘lsam-chi?” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Agar undagi bor narsani aytgan bo‘lsangiz, g‘iybat qilgan bo‘lasiz, agar unda yo‘q narsani aytsangiz, tuhmat qilgan bo‘lasiz”. Ba’zi oldin o‘tganlardan Faqih rivoyat qiladi. Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun desangiz, bu g‘iybat bo‘ladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilsangiz, g‘iybat bo‘lsa-yu o‘zidan gapirsangiz qanday bo‘lur ekan? 205. Ibn Abu Najih aytadi: “Bir pakana xotin Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. U xotin qaytib chiqqanidan so‘ng, Oyisha onamiz, Alloh rahmat qilsin: “Shunchalik bo‘yi kalta ekan”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sen uni g‘iybat qilding”, dedilar. Oyisha, Alloh undan rozi bo‘lsin: “Nima degan bo‘lsam, undagi bor narsani aytdim-ku”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Sen undagi eng yomon narsani aytding”. 206. Abu Said Xudriy rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Isro kechasi bir qavm tanasidagi bir qism go‘shtni kesib, uni luqma qilib turganlarida, ularning oldidan o‘tib qoldim. Keyin ularga Jabroil alayhissalom aytdiki: “Birodarlaringizning go‘shtini yeganingizdek, yeyaveringlar”. “Yo Jabroil, ular kimlar?” deb so‘radim. Hazrat Jabroil javob qildiki: “Ular ummatlaringiz orasidagi g‘iybatchilar”. 207. Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Kunlardan bir kun otam ushbu hikoyani aytayotganlarini eshitdim: “Payg‘ambar (s.a.v.) uylarida, ahli suffadagi sahobalar masjidda edi. Zayd ibn Sobit masjidda Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitganlarini aytayotgan edilar. Shu payt Payg‘ambarga (s.a.v.) go‘sht keltirishdi. Sahobalar ibn Sobitga: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling