Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 XVII bob. G‘iybat bobi hadislari 1. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar g‘iybat nima ekanini bilasizlarmi?” Sahih*. Muslim (2589/4). 2. Ibn Abu Najih. “Bir pakana xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kirdi...” Sahih*. Ahmad (206,189/6) va Ibn Abu Dunyo, “Al-g‘iyba va namiyma” (73, 68). 3. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Isro kechasi bir qavm...” Sahih*. Ahmad (224/3) va Abu Dovud (4778), Ibn Abu Dunyo, “As-samtu” (165). 4. “Bir kuni otamdan ushbu hikoyatni aytayotganlarini eshitdim...” Abu ibn Hamid Ikrimadan rivoyat qilingan va “Ad-durrul Mansur” (572, 571/7). 5.Jobir ibn Abdulloh. “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq hidli shamol esib qoldi...” Zaif*. Ahmad (351/3) va Buxoriy, “Al-adabul mufrad” (734). Ibn Abu Dunyo, “As-samtu” (216). 6. Sudiy. “Salmon Forsiy odamlar bilan safarda edi...” Zaif*. 7. Ibn Abbos. “Ushbu “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin” oyati borasida aytdilar...” Zaif*. Hofiz, “Al-kashshof” (374/4). 8. Anas ibn Molik. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Fojirda bir narsalarni zikr qilinglar...” Mavzu’*. Uqayliy (72), Ibn Hibbon, “Al-majruhiyn” (220/1). Ibn Adiy (173/2) va “Az-zaifatu” (583) ga qarang. XVIII BOB. CHAQIMCHILIK 213. Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.): “Chaqimchilar jannatga kirmaydilar”, deganini eshitganman. 214. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: “Sizlar yomonlaringizni bilasizlarmi?” Sahobalar javob qilishdiki: “Alloh va Rasuli bilguvchidir”. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarning yomonlaringiz ikkiyuzlamachi kishidir. Bularga bir yuzi va boshqalarga ikkinchi yuzi bilan keladi. 215. Ibn Abbos, ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) ikki yangi qabrning oldidan o‘tib qoldilar, aytdilarki: “Ikkisi ham azoblanyapti, ularning gunohlari katta emas, birinchi kishi siydikdan saqlanmasdi, ikkinchi kishi esa chaqimchilik qilar edi”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) bir daraxtdan ho‘l novdani oldilar va ul novdani ikkiga bo‘lib, ikkala azoblanayotgan marhumlar qabriga suqib qo‘ydilar. Shunda sahobalar Rasulullohga (s.a.v.) savol qildilar: “Yo Rasululloh, nima sababki, siz bu ho‘l novdani ikkiga bo‘lib, ikki qabrga suqdingiz?” Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar: “Shoyadki, bu ho‘l novdalar qurib bitguncha, ikkalasiga yengillik berilsa”. Faqih aytdiki: “Katta gunohlarda azoblanmayapti”, degan so‘zning ma’nosi sizlar uchun katta gunoh emas, lekin Alloh nazdida bu ulug‘ gunohlardandir. Abu Hurayra zikr qilgan rivoyatda ham: “Alloh nazdida odamlarning yomoni chaqimchidir”, deyilganidan bilib olsa bo‘ladi. Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilgan hadisda aytildi: “Chaqimchi jannatga kirmaydi”. Jannatga kirmaydigan bo‘lsa, boradigan joyi faqat jahannamdir. Bunday kishilar Allohga tavba qilmoqlari lozimdir. Tavba qilmasa, o‘lgandan keyin qabr azobini tortishi muqarrardir, dunyoda xordir, qiyomat kunida do‘zax o‘tida yonadi. Ular Allohning rahmatidan noumiddir. Tirik paytida qilgan gunohlari uchun Allohga tavba-tazarru’, qilsa Alloh tavbasini qabul qilgay. 216. Hasan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.): “Odamlarning yomoni ikkiyuzlamachidir. Birovlarning oldiga bir yuzi bilan, boshqalarning oldiga boshqa yuzi bilan boradi”, dedilar. Yana boshqa bir hadisda aytdilarki: “Kimki ikkiyuzlamachi bo‘lsa, bu dunyoda uning ikki tili bo‘lsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni olovdan ikkita til qilib qo‘yadi”. Qatoda aytadi: “Alloh bandalari ichida yomoni ko‘p ta’nachi, ko‘p la’natlovchi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling