Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
111 Sen menga uyingdan uch kun joy bersang, qasamimni o‘tkazsam», dedi. Haligi kishi: «Xo‘p», dedi. Abdulloh unikida bir kecha yotdi. Aytdiki: «O‘sha kecha haligi odam bir soat ham turib ibodat qilmadi. Faqat to‘shagiga yotayotganida Allohni zikr qilib, takbir aytdi. Hatto shu bilan bomdodda turdi. So‘ng tahoratini yaxshilab qilib, namozini o‘qidi. Ertalab ro‘za tutmadi. U kishini uch kun kuzatdim. Birinchi kun ko‘rganimda ziyoda ish qilmadi, bundan tashqari, undan yaxshi gaplarni eshitdim. Vaqtiki, uch kun o‘tdi, uning amalini haqir sanashimga yaqin qoldi. So‘ngra unga: «Mening otam bilan ikkalamiz o‘rtamizda biror gap o‘tmagandi. Menga g‘azab qilmagan va haydamagan ham edi. Lekin men Rasu-lullohdan uch marta majlisda: «Sizlarga ahli jannatdan bittasi chiqadi», deganlarini eshitdim. Keyin siz chiqdingiz va siz bilan birga bo‘lib, buni aniqlamoqni xohladim. Siz nima amal qilsangiz ko‘rdim. Sizga ergashdim. Ko‘p amal qilganingizni ko‘rmadim. Sizni Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan narsaga erishtirgan narsa nima?» dedim. U aytdi: «Ko‘rganingdek, u hech narsa emas». Shundan so‘ng, men uning oldidan ketmoqchi bo‘lib burilayotgan paytim meni chaqirib; «Bundan boshqacharoq amal qilmay-man, xuddi o‘zing ko‘rganingdek. Faqatgina men musulmon-larning birortasi uchun o‘zimda yomonlik topmayman. Alloh taolo yaxshilik qilib bergan narsalariga hasad qilmayman, dedi. Mana shu narsa Rasululloh (s.a.v.) aytgan maqomga yetkazdi. Holbuki, men u narsaga qodir emas edim». Hakimlarning ba’zisi aytadilar: «Hasad qiluvchi Rabbisiga besh jihati bilan ko‘rinadi: Birinchisi, boshqada zohir bo‘lgan ne’matlarni ko‘rganda g‘azabi keladi. Ikkinchisi, unga bergan narsa (ne’matlar) uchun g‘azabi keladi, ya’ni Rabbisiga: «Nima uchun bunday taqsimlading?» deb. Uchinchisi, Allohning fazlini man qiladi, ya’ni ne’matni Alloh taolo xohlagan kishisiga beradi. U Allohning bu fazliga baxillik qiladi. To‘rtinchisi, Allohning do‘stini yordamchisiz qoldiradi. Chunki u uning yordamisiz qolishini xohlaydi va undan ne’matni ketkazishini xohlaydi. Beshinchisi, dushmaniga yordam beradi. Ya’ni, la’nati iblisga» Aytildi: «Hasad qiluvchi majlislarda yomonlangan, xorlangan holatda bo‘ladi. Maloikalar la’nat va g‘azab qiladi. Xilvatda qo‘rqinch va g‘amda bo‘ladi. Joni olinayotganda qattiqlik va qo‘rqitilgan holatda bo‘ladi. Mahshargohda sharmanda holatda bo‘ladi. Do‘zaxda issiq va yongan holatda bo‘ladi». Alloh bilguvchiroqdir. _____________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling