Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
113 Albatta, kiyimimning pokligi, poyabzalimning bog‘ichi, qamchimning ilgichi meni o‘ylantiradi, bular kibrdan emasmi?» deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo go‘zaldir, chiroyli kiyinganlarni va chiroylilarni yaxshi ko‘radi. Bandasiga bergan ne’matni unda ko‘rmoqlikni yaxshi ko‘radi. Alloh faqirlikni zohir qilguvchini va faqir bo‘lmay turib, faqirlikni ro‘kach qilguvchini yomon ko‘radi. Lekin kibr haqni inkor qilish, xalqni e’tiborga olmaslikdir». 233. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: Payg‘ambar aytdilarki: «Kim etigi va kiyimini tuzatib kiyib, Allohga sajda uchun yuzini chang qilgan bo‘lsa, u kishi kibrdan pok bo‘libdi». 234. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Kim jundan kiyim kiysa, eshagiga minsa, qo‘yni sog‘ib bolalari bilan ichsa, miskinlar bilan o‘tirsa, Alloh taolo undan kibrni o‘chiradi». Zikr qilindi: «Muso alayhissalom Alloh taologa munojot qildi: «Ey Rabbim, Sening yaratgan xalqing orasida o‘zingga yomonrog‘i qaysidir?» Alloh aytdi: «Ey Muso, kimning qalbi mutakabbir bo‘lsa, tili qo‘pol bo‘lsa, ikki ko‘zi uyatsiz bo‘lsa va qo‘li baxil bo‘lsa, xalqimning orasidagi o‘shandaylarni yomon ko‘raman». Urva ibn Zubayr aytdi: «Tavozu’ (o‘zini past olishlik) sharafli kishilarning ovidir, har bir ne’matga hasad qilinadi, lekin tavozu’da hasad yo‘q». Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Qanoatning mevasi rohatdir, o‘zini past olishning mevasi muhabbatdir». Zikr qilindi: Muhallab ibn Abu Sufra Hajjojning lashkarboshisi edi. Uning oldidan Mutrif ibn Abdulloh o‘tib qoldi. Muhallab harir kiyimda kerilib yurardi. Mutrif unga: «Ey Allohning bandasi, bu yurishni Alloh va rasuli yomon ko‘radi», dedi. Muhallab: «Meni tanimaysanmi?» deb so‘radi. Mutrif: «Ha, bilaman, avvaling iflos nutfa edi, oxiring sassiq o‘laksadir. Sen ko‘tarib yurgan narsalar axlatdir», dedilar. Shu gapdan keyin Muhallab bu yurishni tashlagan ekan. Hakimlardan ba’zi birlari deydilar: «Mo‘minning iftixor qilayotgani Rabbisidir, uning izzati dini bilandir. Munofiqning faxri hasabidir, uning izzati molidir». 235. Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Agar o‘zlarini past olgan kishilarni ko‘rsalaringiz, sizlar ham o‘zlaringizni past olingizlar. Agar mutakabbirlarni ko‘rsalaringiz, ularga takabburlik qilingizlar. Albatta, ularga xorlik, sizlarga sadaqa bo‘ladi». 236. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi. Aytdilar: «Alloh uchun tavozu’da bo‘lgan kishining darajasini Alloh taolo ko‘taradi». Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tavozu’ning boshi musulmonlardan uchragan kishiga salom bilan boshlashingdir va majlisda kaerga kelgan bo‘lsang, o‘sha (bo‘sh) joyga o‘tirmoqlikka rozi bo‘lishingdir, yaxshilik va taqvoni gapirib yurmoqni yomon ko‘rishingdir». Faqih aytadi: Biling! Kibr kofirlarning va fir’avnlarning axloqidandir. Tavozu’ esa, payg‘ambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki, Alloh taolo kofirlarni kibr bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling