Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 Umar suvdan o‘ta boshladi. Bir qo‘li bilan tuyaning yuganini ushlab olgan va etiklari esa chap qo‘ltig‘ining ostida edi. U kishining oldiga Abu Ubayda ibn Jarroh chiqdi. U kishi Shomga amir edi. Ubayda ibn Jarroh aytdi: «Ey amiral mo‘minin! Shomning ulug‘lari oldingizga peshvoz chiqyaptilar. Bu holda sizni ko‘rishlari yaxshi bo‘lmaydi». Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Alloh bizlarni Islom bilan aziz qildi. Odamlarning gaplariga parvo qilmaymiz». Salmon Forsiydan zikr qilindi: U kishi Madoin shahrida amir edi. Shu shaharning ulug‘laridan biri bozordan bir narsa sotib oldi. Salmon Forsiy o‘tayotganda, uni Islomga kirmagan ajamlik kishi deb o‘ylab: «Ey, bu yerga kel, buni ko‘tarib ol!» dedi. Salmon Forsiy ko‘tarib oldi. U kishidan odamlar: «Alloh amirni isloh qildi: Bizga bergin, biz ko‘taramiz», deyishdi. Salmon Forsiy bosh tortdi. Haligi kishi o‘ziga aytardi: «Sho‘rim qursin! Nima uchun amirga yukimni ortdim?» Shundan so‘ng uzr so‘radi: «Men sizni tanimabman, Alloh sizni isloh qildi», dedi. Salmon: «Boraver», dedi. Uning uyiga bordi va yukini tashladi. Keyin haligi kishi: «Hech qachon, hech kimga yukimni tashitmayman», dedi. Ammor ibn Yosirdan rivoyat qilindi. U kishi Kufada amir edi. Baqqolning do‘koniga chiqib, yeydigan narsalar sotib oldi. Keyin bu narsalarni ziyoda qilishni so‘radi. Poxoldan bo‘lgan xalta oldi, bir tomonini sotuvchi oldi. Keyin u xaltani to‘ldirib, Ammorning orqasiga qo‘ydi va u kishi yukni uyiga olib ketdi. Abu Hurayradan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishini Umar ibn Xattob Bahraynga amir qilib yubordi. U kishi Bahraynga eshakda kirib bordi. Yo‘lda xaloyiqqa qarab: «Amirning yo‘lini bo‘shatinglar, amirning yo‘lini bo‘shatinglar», deb aytib borardi. Bu zotlar Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan edilar. Xulqlari kamtarinlik edi. Ular bandalar oldida ham, maloikalar oldida ham, Allohning nazdida ham aziz zotlar edilar. 237. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Aytdilar: «Sadaqa berish bilan mol noqis bo‘lmaydi (kamaymaydi). Kimki boshqa kishidan zulm ko‘rsa, zulm (qilgan) kishisini afv etsa, u bandani Alloh izzatli qiladi. Kamtarin kishilarning izzatini Alloh ziyoda qiladi». 238. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: U kishi Oisha onamizning uylarida edilar. U kishining qo‘llarida tovoqda quruq go‘sht bor edi. U kishi ikki tizzalariga cho‘kkalab, yeb turardilar. Ayolga uchrasa ham, erkakka uchrasa ham, hech parvo qilmaydigan bir fohisha, yomon xotin kirib keldi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) qaradi va: «Qaranglar mana bunga! Qul o‘tirgandek o‘tiribdi, qul ovqat yegandek ovqat yeyapti», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men qulman, qul o‘tirgandek o‘tiraman, qul yegandek yeyman, sen ham yegin bundan». Xotin: «Yo‘q, qo‘ling bilan bersanggina yeyman», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘li bilan uzatmoqchi bo‘ldi. Xotin: «Yo‘q, og‘zingdagidan bersang, yeyman», dedi. Rasulullohning og‘izlarida quruq go‘shtning payi qolgan edi, chaynab turardilar. Og‘izlaridan chaynab turgan payni chiqarib, unga berdilar. Xotin payni olib chaynadi-da, yutib yubordi. Pay xotinning qorniga tushdi. Shu paytning o‘zidayoq u xotinni hayo o‘rab oldi. Hattoki, biror kishiga qarashga botinolmadi. Shundan keyin undan biror botil narsa eshitilmadi. Toki, Alloh taologa qaytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling