Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
zot mutakabbir kimsalarni sevmas»
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl, 23). Shundan so‘ng, ular bilan birga shu
nonni yedi va ularga: «Sizlarning aytganlaringizga javob berdim, endi menga ham javob beringizlar», dedi. Keyin (miskinlar) u kishi bilan birga borishdi. Manzilga yetgandan keyin, cho‘risiga: «Nima g‘amlab qo‘ygan bo‘lsang, chiqargin», dedi. Cho‘ri xotin hamma narsalardan chiqardi. Ular yedi. Hazrati Husayn ham ular bilan birga yedi. Qolgan narsalarni ularga ko‘tartirib berib yubordi. 229. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Uch kimsaga qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi va ularga qaramaydi. Ularga qattiq, alamli azob bo‘ladi: ular – zino qiluvchi keksa kishi; yolg‘onchi podshoh; kibrli faqir kishilardir». 230. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Menga jannatga birinchi kirguvchi uch toifa ko‘rsatildi va do‘zaxga birinchi kirguvchilarning uch nafari ko‘rsatildi. Jannatga birinchi kirguvchilar: shahidlar, qulligi Rabbisiga itoat qilishdan to‘sib qo‘ymagan qul, ko‘p bolalik kambag‘al kishi. Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradiganlar: zolim podshoh, molidan zakot bermaydigan boy kishi, mutakabbir faqir». 231. «Albatta, Alloh taolo uch nafar kishilarga g‘azab qiladi, lekin uch kishini yanada qattiqroq yomon ko‘radi: Birinchisi, fosiqni yomon ko‘radi, fosiq cholni undan ham yomon ko‘radi. Ikkinchisi, mutakabbirni yomon ko‘radi va faqir bo‘lgan mutakabbirni qattiqroq yomon ko‘radi. Uchinchisi, baxillarni yomon ko‘radi, boy bo‘lib baxillik qilganni qattiqroq yomon ko‘radi. Alloh uch nafar kishini yaxshi ko‘radi va uning yaxshi ko‘rishi uch kishi uchun yanada qattiqroqdir. Birinchisi, taqvodorlarni yaxshi ko‘radi, taqvoli yoshlarni ko‘proq yaxshi ko‘radi. Ikkinchisi, saxiylarni yaxshi ko‘radi, faqir saxiylarni ko‘proq yaxshi ko‘radi. Uchinchisi, tavozu’li bo‘lgan kishilarni yaxshi ko‘radi, Boy bo‘lib tavozu’li bo‘lganlarni undan ham yaxshi ko‘radi». 232. Yahyo ibn Ja’dadan rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Kimning qalbida misqol zarrasidek kibr bo‘lsa, jannatga kirmaydi». Bir kishi: «Yo Rasulalloh! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling