Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
odamlarga (ya’ni, Muhammad alayhissalomga) Alloh o‘z fazlu karamidan
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- «(Ey Muhammad) ularga Odamning ikki o‘g‘li haqidagi xabarni haqqi rost tilovat qiling. O‘shanda u ikkovi qurbonlik qilganlarida (qurbonliklari)
odamlarga (ya’ni, Muhammad alayhissalomga) Alloh o‘z fazlu karamidan
bergan narsaga (ya’ni, payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» (Niso, 54). Chunki yahudiylar Payg‘ambarga (s.a.v.) hasad qilishardi. Aytishardiki: «Agarchi u Allohning Payg‘ambari bo‘lsa, ko‘p xotinlar bilan shug‘ullanib qoladi-ku». Bunga Alloh taolo: «Yoki odamlarga Alloh o‘z fazlu karamidan bergan narsaga (ya’ni, payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» deb javob berdi. Ya’ni, payg‘ambarligiga va ko‘p xotin olganligiga hasad qilyaptilarmi? Hakimlarning ba’zilari aytadilar: «Hasaddan saqlaninglar! Chunki hasad osmonda Alloh taologa osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan birinchi gunohdir va u yerda ham birinchi osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunohdir». Bu so‘zning ma’nosi: «Osmonda u bilan Alloh taologa osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunoh», ya’ni shayton Odamga sajda qilishdan bosh tortdi. «Meni olovdan yaratgansan va uni esa loydan yaratding», dedi u (A’rof, 12). Shayton unga hasad bilan qaradi. Shu bilan Alloh uni la’natladi. Ammo yerda osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunoh egasi – Odam o‘g‘li Qobildir. U ukasi Hobilni hasad qilgan holatda o‘ldirdi. Bu Allohning kalomida: «(Ey Muhammad) ularga Odamning ikki o‘g‘li haqidagi xabarni haqqi rost tilovat qiling. O‘shanda u ikkovi qurbonlik qilganlarida (qurbonliklari) birovlaridan qabul qilingan, ikkinchisidan qabul qilinmagan edi. Shunda u: «qasamki, seni o‘ldirurman», deganida, birodari aytdi: «Alloh faqat Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 109 taqvodorlardangina (qurbonliklarini) qabul qilur» (Moida, 27). Ahnaf ibn Qaysdan rivoyat qilinadi: «Hasad qiluvchilar uchun rohat yo‘qdir. Baxillarda vajo yo‘q, chidamsiz kishilarda do‘st yo‘qdir. Yolg‘onchilarda mardlik yo‘qdir. Xiyonatchida fikr yo‘q, yomon xulqli kishida boshliqlik yo‘q». Hakimlardan biri aytdi: «Hasadchidek mazlumga o‘xshagan zolimni ko‘rmadim». Muhammad ibn Siyrin: «Dunyo narsasi uchun hech kimga hasad qilmadim. Agar jannat ahlidan bo‘lsa ham, qanday qilib jannatda yuruvchiga hasad qilay? Va do‘zax ahlidan bo‘lsa ham, qanday qilib do‘zaxda yurgan kishiga hasad qi-lay?» deydi. Hasan Basriy aytadi: «Ey odam farzandi! Nima uchun birodaringizga hasad qilasiz. Agar uni hurmatlash uchun Alloh o‘z fazlidan bergan bo‘lsa, nima uchun Alloh hurmat qilgan kishiga hasad qilasiz? Endi bundan boshqa narsada bo‘lsa, uning borajak joyi do‘zax bo‘lganidan hasad qilmog‘ingiz ham yaxshi emasdir». Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin aytadi: Uch kishining duolari qabul bo‘lmaydi: 1) haromni yeguvchi; 2) ko‘p g‘iybat qiluvchi; 3) qalbida musulmonlarga adovati va hasadi bo‘lgan kishi. 224. Solim otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Hasadni ikki toifa kishiga qilsa bo‘ladi: bir kishiga Alloh taolo Qur’onni bergan bo‘lsa, u Qur’onni kecha-yu kunduz o‘qib turgan bo‘lsa va yana bir kishiga Alloh taolo dunyo bergan bo‘lsa, u dunyodan kecha-yu kunduz yashirin holda infoq qilib turgan bo‘lsa». Faqih aytadi: «Qori qilgan ishni u ham kechasida qoyim qilishga harakat etmog‘i lozim. Bir kishiga Alloh tomonidan dunyo berilsa va u kishi o‘z dunyosidan sadaqa qilayotganini ikkinchi kishi ko‘rib, hasad qilsa, ya’ni hasad qiluvchi kishi ham sadaqa qilgan kishi kabi, «Alloh menga ham shunday dunyo bersa-yu, men ham sadaqa qilsam yoki yaxshi yo‘llarga ishlatsam», desa qilgan hasadi maqtalgan. Ammo unga berilgan narsani ketkazishni iroda qilib hasad qilsa, u yomondir». Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling