Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
«(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim)
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
«(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim)
uchun ajr-mukofot so‘ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do‘stlik, yaqinliknigina (so‘rayman)» (Sho‘ro, 23); «Mening ajr-mukofotim yolg‘iz Allohning zimmasidadir» (Sa’ba, 47). Shuningdek, olimlar ham payg‘ambarlarga ergashmoqliklari va bergan ilmlariga haq olmasliklari lozim bo‘ladi. Ammo Iso alayhissalomning so‘zidagi «qahqaha bilan kulishlik» makruhdir. Ushbu amallar, axmoqlarninggina amallaridandir. «Kechasi bedor bo‘lmay, yana kunduzi uxlashlik», ya’ni kunduzning avvalida uxlashlik, kechasi bedor bo‘lmasdan, bu ham ahmoqlikdir. 248. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kunning avvalida uxlashlik ahmoqlik, o‘rtasida uxlashlik xush xulqlilik, kunning oxirida uxlashlik nodonlikdir». 249. Ibn Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni masjidga chiqdilar, qavm gapirib, kulishib turardi. Payg‘ambar (s.a.v.) ularning oldida to‘xtab, salom berdilar va ularga: «Lazzatlarni kesuvchi narsani ko‘p zikr qilinglar», dedilar. Bizlar: «Yo Rasulalloh, lazzatlarni kesuvchi narsa nima?» deb so‘radik. «O‘lim», dedilar. Shundan keyin, yana bir kuni chiqdilar. Qavm kulishib turgan edi. Ularga salom Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 120 berib: «Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar men bilgan narsalarni sizlar bilganingizda edi, albatta, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar», dedilar. Shundan so‘ng, yana bir kun masjidga chiqdilar. Qavm kulishib, gapirishib turgan edi, ularga salom berib: «Albatta, Islom g‘arib holatda boshlandi va g‘arib holatga qaytadi. Qiyomat kunida g‘ariblarga qanday ham yaxshi», dedilar. So‘rashdilarki: «Qiyomat kunidagi g‘ariblar kimlar?» deb. «Odamlar buzilib ketgan vaqtda ular salohiyat va yaxshilikda bo‘ladilar», dedilar». Faqih aytadi: Bizlarga Ishoq ibn Mansur aytadiki: «Xizr alayhissalom Muso alayhissalomdan ajralayotgan vaqtda Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Menga mav’iza qiling», dedilar. Xizr alayhissalom: «Yo Muso, tortishishdan saqlaning, biror hojatsiz yuruvchi bo‘lmang, sababsiz kulmang, xato qilgan kishiga xatosini aytib ayb- lamang», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Xato qilguvchilarning xatosini aytib, ayblamang va qilgan xatolaringizga yig‘lang, ey Imron o‘g‘li», degan edilar». 250. Ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar, balki tabassum qilardilar, qaraganlarida ham hammaga barobar qarar edilar». Bu xabar tabassum qilishning mubohligiga dalildir. Albatta, qahqaha otib kulishdan qaytardilar. Kishi qahqaha otib ozgina kulsa, oxiratda ko‘p yig‘laydi. Endi o‘ylangchi, dunyoda ko‘p kulsa, qiyomat kunida uning holi qanday bo‘ladi? Alloh taolo: «Bas, o‘zlarining kasb qilgan narsalarini (ya’ni kofirlikni tanlaganlari) jazosiga (bu dunyoda) ozgina kulsinlar, (so‘ngra oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar!» (Tavba, 82). Rabi’ ibn Husayma deydi: Allohning kalomida: «Ozgina kulsinlar» – dunyoda va «ko‘p yig‘lasinlar» – oxiratda jahannam o‘tida «qilgan kasblariga jazo bo‘lib», deyilmoqda. Hasan Basriy aytdi (roziyallohu anhu): «Ajabo kuluvchidan! Uning orqasida do‘zax! Ajabo xursand bo‘luvchidan! Uning orqasida o‘lim!» Aytiladiki: «Hasan Basriy kulib turgan yigitni oldidan o‘tdi va unga qarab: «Ey o‘g‘lim, sirotdan o‘tdingmi?» dedi. Yigit: «Yo‘q!» deb javob qildi. Yana savol qildi: «Senga ravshan bo‘ldimi jannatda yoki do‘zaxda bo‘lishing?» Yigit: «Yo‘q!» dedi. Hasan Basriy so‘radi: «Kulishingga ne sababdir?» Bu suhbatdan keyin o‘sha yigitning kulgani ko‘rilmadi. Hasan Basriyning so‘zlari uning qalbiga o‘rnashib, kulishdan tavba qilgan ekan». Zikr qilinishicha, o‘sha zamonning olimlari shunday edilar. Ular biror mav’izada gapirsalar, ularning kalomlari eshituvchiga ta’sir qilardi. Chunki ular ilmlariga amal qilardilar, ularning ilmlari boshqalarga ta’sir qilardi. Ammo bizning zamonamiz olimlari ilmlariga amal qilmaganidan, boshqalarga ham ilmlari foyda bermaydi. Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Kim kulib gunoh qilsa, u do‘zaxga yig‘lab kiradi». Aytildi: «Odamlarning dunyoda ko‘p kulganlari oxiratda ko‘p yig‘laydilar. Dunyoda ko‘p yig‘laganlari jannatda ko‘p kuladilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling