Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
102 vaqtda u Alloh harom qilgan narsani halol sanadi, shuning uchun kimiki harom narsani halol desa, kofir bo‘ladi. Bu narsalardan Allohdan panoh tilaymiz. Nifoq tomoni insonni g‘iybat qiladi va uni kimki tanisa, ismini aytmaydi. U g‘iybat qilaveradi, o‘zini taqvodor qilib ko‘rsatadi. Bu munofiqlikdir. Gunoh tomoni shuki, bir odam bir odamni g‘iybat qiladi, u odamning ismini ham aytadi, amalining gunoh ekanini ham biladi. Bunday odam gunohkordir. U tavba qilishi lozimdir. Muboh tomon yomonligi bilan mo‘minlar orasida tanilgan fosiqni yoki bid’at egasini g‘iybat qilmoqlikdir. Bunda mo‘minlar ajr (mukofot) oladilar. Chunki mo‘minlar bilsalar, undan hazar qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Fojirda bor narsalarni zikr qilinglar, mo‘minlar ulardan hazar qilishlari uchun”. Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim: Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: “Vaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin”. U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: “Rabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?” deb taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: “Rabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi”. Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: “Menga buyurilgan ishni qildim”, dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: “Ey Allohning nabiysi! Menga yordam ber!” deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: “Ey Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman”. Nabiy o‘zicha o‘yladi: “Men uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: “Qanday qilsam ekan?” o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: “Ey Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin”, deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: “Ey nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin”. Alloh bilguvchidir. ________________ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling