Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Siz ko‘zlaringizni (Biz kofirlardan) ayrim toifalarni fitnaga solish uchun bahramand qilgan – hayoti dunyo go‘zalliklaridan iborat narsalarga tikmang”
www.ziyouz.com kutubxonasi
94 omonat; 2) o‘zi va odamlar orasidagi omonat. Alloh va o‘zi orasidagi omonat Alloh taolo o‘z bandalariga farz qilib bergan farzlaridir. Bu omonat Alloh omonatidir. Bu omonatni o‘z vaqtida ado qilishlik vojib bo‘ladi. Ammo odamlar va o‘zi orasidagi omonat, bu unga kishi moliga, so‘ziga va boshqa narsalarga omonat berishligi, so‘ngra uning omonatiga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi. 4. “Farjlaringizni saqlangizlar”, buni saqlashlik ikki xil bo‘ladi: 1) farjini harom va shubhadan saqlamoqligi; 2) unga birovning ko‘zi tushmasligi. 201. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh qarovchiga va qaralganga la’nat o‘qiydi”. Bas, qazoi hojat vaqtida va istinjo vaqtida qarashlari mumkin bo‘lmaydigan narsalarga erkak va ayollarning ko‘zi tushmasligi uchun muslimga o‘zini ehtiyot qilmog‘i vojib bo‘ladi. “Ko‘zlaringizni tiyingizlar”, odamlarning avratlaridan ko‘zlaringizni yerga qaratmoqliklaringiz va xotinlarga qarashlikdanki, ularga qarashlik halol bo‘lmaydi ham dunyoga rag‘bat ko‘zi bilan qarashlikdanki, Alloh taolo aytganidek: “Siz ko‘zlaringizni (Biz kofirlardan) ayrim toifalarni fitnaga solish uchun bahramand qilgan – hayoti dunyo go‘zalliklaridan iborat narsalarga tikmang” (Toho, 131). “Qo‘llaringizni ushlanglar” so‘zi, ya’ni mollar va boshqa narsalardan, deganidir. Huzayfa ibn Yamon (Alloh undan rozi bo‘lsin) aytdi: “Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bir kalimani aytib, munofiq bo‘lib qolardi. Men u kalimani bir kunda o‘n marta eshityapman”, ya’ni kishi yolg‘on gapirib yursa, uning munofiqligiga dalil bo‘ladi. Musulmon kishiga o‘z nafsini munofiqlarning alomatlaridan saqlashi vojib bo‘ladi. Albatta, kishi yolg‘onchilikka o‘rganib qolsa, Alloh nazdida munofiq deb yoziladi. Unga o‘zining gunohi va kim unga ergashgan bo‘lsa, ularning ham gunohi bo‘ladi. 202. Sumra ibn Jundub (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib, bizga yuzlanib: “Bu kecha kim tush ko‘rdi?” deb so‘rar edilar. Odamlar nima tush ko‘rsalar, aytib berishardi. Bir kuni bizdan: “Birortangiz tush ko‘rdingizmi?” deb so‘radilar. Biz: “Yo‘q”, dedik. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): “Ammo men bu kecha bir tush ko‘rdim. Tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, menga, yur, deyishdi. Men ular bilan yurdim, meni bir tekis yerga olib chiqishdi, bir kishi chalqancha yotibdi, yana biri boshida tik turibdi. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmoqda edi. Men: “Bu kimdir?” deb so‘radim. Ular: “Yurgin, ketdik”, deyishdi. Yana bir joyga bordik, u yerda bir kishi o‘tiribdi va bir kishi tikka turibdi. Tik turgan kishi qo‘lidagi temir chingakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, u lunjidan chiqarardi. “Changakni sug‘urib olganda, lunji tuzalib qolardi. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu qadar to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar ediki, buni ko‘rib: “Bu nima?”, deb so‘radim. Ular: “Qani, yurgin, ketdik”, deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng chuqurlik bor ekan. Uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga bilan chuqurdan uchib chiqib ketay deyishar, alanga pasaygan vaqtda alanga bilan yana chuqur tubiga tushib ketardi. O‘tda kuyayotganlar orasida yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bor edi. “Bular kimlar?” deb so‘radim. Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Yura-yura qonga o‘xshash qizil daryo bo‘yiga yetib keldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida esa boshqa bir odam turibdi. Daryodagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling