Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz!”
www.ziyouz.com kutubxonasi
91 188. Asmo Yazid qizi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Men Rasululloh (s.a.v.) ushbu so‘zlarni aytganlarini eshitdim: “Kim aroq ichsa, qorniga joylasa (ya’ni, mast qilmasa ham), yettita namozi qabul bo‘lmaydi. Bas, agar aqlini ketkazgan bo‘lsa, qirq kunlik namozi qabul qilinmaydi va o‘lsa, kofir bo‘lib o‘ladi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Yana ichishga qaytsa, Alloh uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘ormoqqa haqlidir”. Boshqa xabarda keladi: “Vaqtiki, bir marta aroq ichsa, uning namozi qabul bo‘lmaydi, ro‘zasi ham, boshqa amallari ham qirq kungacha qabul bo‘lmaydi. Agar ikkinchisini ichsa, uning namozi, ro‘zasi va boshqa amallari sakson kungacha qabul qilinmaydi. Uchinchisini ichsa, bir yuz yigirma kungacha qabul qilinmaydi. Agar to‘rtinchisini ichsa, o‘ldiringlar, u kofirdir. Uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘orishga Alloh taolo haqli bo‘ladi”. 190. Boshqa xabarda rivoyat qilindi: “Gunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilinadi. Bu uyning kaliti aroq ichishlikdir”. Ya’ni, aroq ichsa, o‘ziga yomonlik – gunoh eshiklarini ochib oladi. Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi: “Kimiki qizini aroq ichuvchiga bersa, go‘yoki qizini zinoga haydabdi”. Buning ma’nosi shuki, albatta, aroq ichuvchi mast bo‘lsa, uning tiliga taloq kalimasi ko‘p keladi, unga xotini harom bo‘ladi, o‘zi sezmaydi. Aytildi: Albatta, aroq ichuvchi sanamlarga ibodat qiluvchiga o‘xshaydi. Chunki Alloh taolo xamrni ifloslik deb nomladi. “(Aroq) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz” (Moida, 90). Va yana aytdi: “Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz!” (Haj, 30). Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Albatta, kimiki, kunduzi aroq ichsa, Allohga kech bo‘lguncha shirk keltiradi. Kim kechasi aroq ichsa, tong otguncha Allohga shirk keltiradi”. U kishidan rivoyat qilindi: “Aroq ichuvchi o‘lsa, uni ko‘mib kelinglar va meni ushlab qamanglar, keyin uning qabrini kavlanglar, agar qibladan boshqa tomonga burilmagan bo‘lsa, meni o‘ldiringlar”. 191. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Alloh taolo meni butun olam uchun rahmat va hidoyat qilib yubordi va ma’o-zofni (chertib chalinadigan katta musiqa asbobi) va mezomirni va johiliyat ishlarini, butlarni o‘chirmog‘ligim uchun yubordi va Rabbim o‘z ulug‘ligi bilan qasam ichdiki: “Bandalarimdan hech bir banda dunyoda sharob ichmagay. Agar ichsa, uni qiyomat kunida undan mahrum etgayman. Bandalarim-dan qaysi biri aroq ichishni tark qilsa, uni jannatimdagi ichimliklardan sug‘orgayman”. Avs ibn Sam’on aytdi: “Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, men aroqning Tavrotda yigirma besh marta harom qilinganini topdim. Aroq ichuvchiga vayl-azob bo‘lsin, Alloh taolo bu fosiq, fujur bandani qiyomat kunida do‘zax ahlining yiringi bilan sug‘oradi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling