Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII bob. Silai rahm bobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
82 4) silai rahmda musulmonlarga yaxshi maqtov bordir; 5) silai rahmda iblisga g‘am yetkazishlik bordir; 6) umrning ziyoda bo‘lishi; 7) rizqda baraka bo‘lishi; 8) o‘lganlar xursandligi bor, chunki ota-ona, bobolar silai rahmning bog‘lanishi bilan xursand bo‘ladilar; 9) do‘stlikning ziyoda bo‘lishi bor, chunki bir sabab o‘rtaga tushib, xursandchilik yoki g‘amdan to‘planishib, unga yordam beradilar va ularda do‘stlikning ziyoda bo‘lishiga omil bo‘ladi; 10) o‘lgandan keyin ham ajrining ziyoda bo‘lishi bor, chunki qarindoshlar uni o‘lgandan keyin ham duo qiladilar, hamma vaqt yaxshiliklarini eslab yuradilar. Anas ibn Molik aytdi: “Uch toifa kishi qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi: silai rahm qiluvchi, uning umri va rizqi silai rahm bilan ziyoda bo‘lgan edi. Bir xotin eri o‘lib, yetimlari bilan qolib, ularni Alloh behojat qilgunicha tarbiyalasa. Va bir kishiki, taom tayyorlab, yetim-miskinlarga yedirsa”. 168. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bandaning farz namozni ado qilishi ular uchun va qarindoshlari bilan silai rahm qilishi uchun yurgan qadamidan ko‘ra Allohga mahbubroq ish yo‘qdir”. Aytildiki: “Besh narsada davomiylik bo‘lsa, baland tog‘larning cho‘qqisidek yaxshiliklar ziyoda bo‘laveradi. Va Alloh taolo rizqini keng qilib qo‘yadi: kimiki sadaqani davomli qilsa, ko‘p bo‘lsa ham, kam bo‘lsa ham, kimiki qarindoshlikni bog‘lagan bo‘lsa, kam bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham, kimiki Alloh yo‘lida harakat qilishda davomli bo‘lsa, kimiki tahoratda davomli bo‘lsa, suvni isrof qilmasa va kimiki ota-onasiga itoat qilib, itoatda davomli bo‘lsa”. Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir. ___________ XIII bob. Silai rahm bobi 1. Abu Ayyub. “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5983/10) va Muslim (13). 2. Abdulloh ibn Avf. «Arafot kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik...» Zaif*. Asbahoniy. “At-targ‘ib” (2290) va “Zaiful jome’”ga qarang (1463). 3. Hadis. “Silai rahm savobidan tez keladigan yaxshilik yo‘q...” Sahih*. Ahmad (38,36/15), Termiziy (2511) va Ibn Moja (4211), “As-sahiha” (918)ga qarang. 4. Amr ibn Shuayb. “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Sahih*. Muslim (2 558/4) va boshqalar. 5. Savbon. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qadar-taqdir duo bilangina o‘zgaradi...” Sahih*. “As-sahihat” (154). 6. Qatoda. “Bizga zikr qilindiki, Payg‘ambar (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar...” Mursal*. “Zaiful jome’”ga (122) qarang. 7. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar...” Hasan*. Qazo’iy “Ash-shihob”da (654-653) va “As-sahihat” (1777)ga qarang. 8. Usmon ibn Maz’un. “Rasululloh menga do‘st edilar...” Zaif*. Buxoriy, “Al adabul mufrad” va Ahmad (318/1). 9. Hadis. “Albatta, Alloh taolo rahmni yaratib...” Sahih*. Ahmad (194/1) Abu Dovud (1694) va Termiziy (1907). 10. Hadis. “Albatta, rahm Arshda osilgandir...” Sahih*. Muslim (2555/4) Oyisha onamizdan. 11. Hadis. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik...” Hasan*. Ibn Abu Dunyo “Qazoul havoij” (112) va Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da (7688, 7679), “As-sahihat” (1494) da keltirilgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling