Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 Salmon va Ammorni “Uning holini ko‘ringlar”, deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga: “La ilaha illalloh, degin”, dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi. Ular ishondilarki, imonsiz ketguvchidir, deb. Keyin Bilolni Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bu holdan xabar berishga yubordilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Uning ota-onasi bormi?” deb so‘radilar. Aytishdi: “Otasi o‘lgan, lekin bir qari onasi bor”, deb. Payg‘ambar (s.a.v) Bilolga: “Yo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo‘lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo‘lmasangiz o‘tirib turing, oldingizga Rasulullohning o‘zlari kelgaylar, deb ayt”, deb tayinladilar. Bilol borib, bu xabarni yetkazdi. Onasi: “Jonim Rasulullohga fido, men borishga haqliroqman”, dedi va qo‘liga hassasini olib, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Menga to‘g‘risini ayting, yolg‘on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?” Onasi: “Yo Rasululloh, namoz o‘qirdi, ro‘za tutardi, ko‘p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o‘lchovini bilmayman, sanog‘ini ham”. Rasululloh aytdilar: “Sizning u bilan munosabatingiz qanday edi?” Onasi aytdi: “Yo Rasululloh, men xafaman”. Aytdilar: “Nima sababdan?” Onasi aytdi: “U xotinini mendan ustun qo‘yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi”. Shunda Rasululloh: “Onasining g‘azabi o‘g‘lini Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berishdan to‘sibdi”, dedilar. So‘ngra Bilolga: “Ko‘p o‘tin yig‘gin, uni yondiramiz”, dedilar. Onasi: “Yo Rasululloh, o‘g‘limni, qalbimning mevasini ko‘z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?” dedi. Rasululloh: “Ey Alqamaning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo‘ling. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, modomiki siz undan g‘azabda bo‘lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!” Shunda Alqamaning onasi qo‘lini ko‘tarib: “Yo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo‘lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamadan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilaman!” dedi. Rasululloh Bilolga: “Ey Bilol! Alqamaning oldiga borib qara-chi, “La ilaha illalloh”, deb ayta olayotganmikan? Alqamaning onasi Payg‘ambardan uyalib, dilida bo‘lmagan narsani gapirgandir”, dedilar. Bilol borib, eshikka yetgach: “La ilaha illalloh”, deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: “Ey odamlar! Alqamaning onasining g‘azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to‘sgan ekan, endi rozi bo‘lganligi uchun tilini bo‘shatib yubordi”, dedi va u o‘sha kunda vafot etdi. So‘ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o‘qidilar. Keyin qabrning chetida turib: “Ey muhojir va ansorlar jamoasi! Kimiki xotinini onasidan ustun qo‘ysa, Allohning la’nati bo‘ladi va farz- nafl ibodatlari qabul bo‘lmaydi?” dedilar. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Alloh aytadi: “Parvardigoringiz yolg‘iz o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi”. Ya’ni, Alloh o‘zidan boshqani yakka demaslikka buyurdi. Shuningdek, ma’siyatda hech kimga bo‘ysunmanglar, sizlar buyurgan narsada Alloh taologa itoat qilinglar, deyildi. “Ota- onaga yaxshilikni”, ya’ni ikkovlari yumshoqlikni va shafqatli bo‘lishlikni, “Agar ularning biri yo ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma”, yomon so‘zlarni aytma. “Ota-ona keksalik yoshiga yetsalar”ning ma’nosi: siydik va axlatlarini ko‘tarishga muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda, burningga qo‘lingni tiqib, aftingni bujmaytirmagin. Ikkovlari seni yoshligingda sendan o‘shalarni ko‘targan edi va bu narsalarni sendan ko‘p ko‘rgan edilar. “Va ularning so‘zlarini qaytarma”, gapda ikkovlariga qo‘pollik qilma! “Ularga doimo yaxshi so‘z ayt”. “Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut, hokisor bo‘l!” ya’ni ikkovlariga rahmli, tavozu’ holatda bo‘l. “Va ayt: “Parvardigorim, ularga rahm-shafqat qilgin” deb, vaqtiki o‘lsalar ularga mag‘firat so‘rab duo qil, ya’ni farzandga ota-onaning haqqini dunyoda bilganidek, oxiratdagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling