Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu 
mo‘minalarni mag‘firat qilgin!” (Nuh, 28). Shuningdek, Ibrohim 
alayhissalomdan: “Parvardigoro, duoyimni qabul ayla! Parvardigoro, hisob-
kitob qilinadigan kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat 
qilgin” (Ibrohim, 41). 
Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilarki: “Ota-ona uchun 
duoni tark qilishlik farzandga tang hayotni olib keladi”. 
Faqih aytadi: So‘rovchi so‘rasa: “Agar ota-onasi o‘g‘liga g‘azab qilib o‘tib ketgan bo‘lsa, 
ikkovini o‘limlaridan keyin rozi qilishligi mumkin bo‘ladimi?” deb. Aytiladi: “Ha! Ikkalasini 
uch narsa bilan rozi qilishi mumkin: 
1. Farzand solih bo‘lishligi. Chunki ota-onaga farzandi solih bo‘lishidan yaxshiroq narsa 
yo‘q. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
2. Ota-onaning yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanib turishi. 
3. Ikkalalari uchun istig‘for so‘rashi, duo qilishi va sadaqa qilishligi”. 
149. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari 
uziladi. Magar uchtasi uzilmaydi: Sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib 
turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa”. 
150. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa, u bilan aloqani uzmanglar” Bu bilan 
o‘zingizning nuringizni o‘chirasiz, sizning hurmatingiz otangizning hurmatidir!” 
151. Zikr qilindi: «Bani Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) 
huzurlariga kelib, aytdi: «Ota-onam vafot etishdi, menga ikkalalariga yaxshilik qilishga 
bir narsa (chora) qoldimi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ha, ikkalarining gunohlarini 
so‘rashlik, vasiyatlarini bajarish, do‘stlarini hurmatlash, ular silai rahmda bo‘lganlar bilan 
silai rahm qilishlik», dedilar”. 
____________ 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling