Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
«Ular dedilar: Bizlar (boshimizga tushgan ocharchilik-qahatchilik) sening va
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
«Ular dedilar: Bizlar (boshimizga tushgan ocharchilik-qahatchilik) sening va
sen bilan birga bo‘lgan (mo‘minlarning) shumqadamligidan deb bildik» (Naml, 47). Boshqa oyatda: «Ular dedilar: Haqiqatan bizlar sizlar haqingizda badgumondamiz» (Yosin, 18). Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: U kishi qushning ovozini eshitsang, ushbularni aytgin, derdi: «Ey Parvardigor! Biror qush yo‘qki, magar Sening qushingdir, yaxshilik yo‘qki, magar Sening yaxshiligingdir. Sendan boshqa iloh yo‘q! Boshqa kuchli, qudratli zot yo‘q. Magar Alloh ulug‘ va oliydir!» Shundan so‘ng, boravering, sizga Alloh izni bilan hech narsa zarar bera olmaydi!» 221. Abu Hurayra rivoyat qiladi, u kishidan Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «(Bir-birlaringizni) yomon ko‘rmangizlar, bir-birlaringizga hasad qilmangizlar, savdoda narxni bir-birlaringizdan oshirmangizlar, Allohning birodar bandalari bo‘lingiz!» Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 108 Muoviya ibn Abu Sufyon, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘g‘liga aytar edi: «Ey o‘g‘ilginam, hasaddan saqlangin. Chunki u sening dushmangingga yetmasdan, sening o‘zingga bilinadi». Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. Hasad hasad qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga yetmasdan, hasad qiluvchi kishiga yetadi. 1. G‘am uzilmaydi. 2. Musibat oladi, unga ajr kelmaydi. 3. Yomonlikni olib keladi. U bilan maqtanilmaydi. 4. Alloh taolo unga g‘azab qiladi. 5. Unga tavfiq eshiklari yopiladi. 222. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Ogoh bo‘linglar! Allohning ne’matiga dushmanlik qiluvchilar bor». So‘radilar: «Yo Rasulalloh! Allohning ne’matlarining dushmanlari kim?» Aytdilar: «Alloh o‘z fazlidan odamlarga bergan narsaga hasad qiluvchilardir». 223. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kuni olti toifa kishi olti narsa bilan hisob qilinmasdan oldin do‘zaxga kiradi». So‘rashdi: «Yo Rasulalloh, ular kimlardir?» Aytdilar: «Mendan keyingi amirlar, jabr-zulm tufayli; arablar, mutaassiblik tufayli; boshliqlar, kibr tufayli; savdogarlar, xiyonati tufayli; boylar, johillik tufayli; ahli ilmlar esa, hasad tufayli». Ya’ni, dunyoni talab qilib bir-birlariga hasad qiluvchi ulamolar. Olim kishi oxiratni talab qilib ilmu ta’lim olishi lozimdir. Agar olim ilmni oxirati uchun talab qilsa, u hech kimga hasad qilmaydi. Unga ham hech kim hasad qilmaydi. Agar dunyo talabida ilm olsa, u hasad qiladi. Alloh taolo yahudiy olimlarga aytgandek, «Yoki Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling