Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
239. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Menga yer kalitlari berildi, qul-payg‘ambarlikka yoki 
podshoh-payg‘ambarlikka ixtiyor qilindim. Jabroil menga kamtar bo‘lmoqqa ishorat qildi, 
qul bo‘l, (dedi). Shundan so‘ng, qul-payg‘ambar bo‘lishni ixtiyor qildim. Va menga o‘sha 
berildi. Albatta, men yerdan birinchi chiqadigan bandaman, birinchi bashorat 
qiluvchiman». 
Ibn Mas’ud aytdi: «Kimki kamtarin bo‘lsa, Alloh taolo uni qiyomat kunida darajasini 
baland qilib qo‘yadi, kimki kibr qilsa, Alloh taolo uni qiyomatda darajasini past qilib 
qo‘yadi». 
240. Qatodadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, bizga zikr qilinadi: «Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytardilar: «Kimki dunyodan uch narsadan pok ketsa, u jannatga kiradi: kibrdan, taqsim 
qilishda ko‘p olishlikdan va qarzdan». 
Abdulloh ibn Abu Ja’farning aytishicha: «Hazrati Ali bozorga kirib, ikki xil kiyimlik matoni 
olti dirhamga sotib oldi va xizmatchiga aytdi: «Yo Asvad, xohlaganingni tanlagin». 
Xizmatchisi yaxshisini tanladi. Hazrati Ali unisini kiydi. U kishining yenglari qo‘llaridan 
uzunlik qilib, osilib qoldi. Shunda u kishi xizmatchisiga qaychini olib kelishni buyurdi. 
Xizmatchi qaychini olib kelib berdi. U kishi qaychini olib, uzun yenglarini kesib tashladi. 
Juma kuni xutba o‘qiganida, o‘sha ikki kiftlari orasida o‘sha ko‘ylakning kesilgan joyidagi 
iplarini ko‘rdik. Bir kishining kiyimini uzun qilib yerga osiltirib kiyganlarini ko‘rib: «Ey 
falonchi, kiyimingni ko‘targin. Chunki, kiyiming pok bo‘ladi, qalbingni qo‘rquv oladi va 
kiyim senga qoladi», dedi. 
241. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: «Rasulullohning (s.a.v.) 
Allohdan rivoyat qilishlaricha, hadisi qudsiyda Alloh aytadi: «Ulug‘lik izorim-dir, kibrlik 
ridoimdir. Kim ikkisidan biri ustida Mening bilan tortishsa, uni yonib turgan jahannamga 
kirgizaman». 
Faqih aytadi: Bu hadisning ma’nosi, ya’ni «ikkalasi mening sifatimdan», degani Qur’onda 
kelganidek: «U qudrat sohibidir, bo‘ysundirguvchidir, tanho kibr egasidir» 
(Hashr, 23). Bu ikkalasi Allohning sifatlaridandir. Zaif banda uchun kibr qilish lozim 
bo‘lmaydi. 
___________ 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling