Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi (Undagi oyatlarning benazir va bemisl
- «Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur’on) xokisorliklarini ziyoda qilur»
www.ziyouz.com kutubxonasi
121 Yahyo ibn Maoz Roziy aytadi: «To‘rt xislat mo‘minning kulishdan va xafa bo‘lishidan man’ qilib qo‘yadi: 1) oxirat g‘ami; 2) yashash bilan shug‘ullanish; 3) gunohlar g‘ami; 4) musibatlarning og‘riqlari». Mo‘min kishiga mana bu to‘rt xislat bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. Bu xislatlar kulishlikdan uni man’ qiladi. Albatta, kulish mo‘minning amalidan emas. Alloh taolo kulish bilan yurgan qavmni aybladi: «Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi? (Undagi oyatlarning benazir va bemisl o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib) yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?» (Najm, 59–61). Yig‘lash bilan yurgan qavmlarni maqtadi: «Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur’on) xokisorliklarini ziyoda qilur» (Al-Isro, 109). Va aytildi: «Tiriklarning g‘ami besh narsadir. Inson mana shu besh g‘am bilan yurmog‘i lozim bo‘ladi: 1. O‘tgan gunohlarining g‘ami, chunki u qilgan gunohlari afv qilingani ravshan emas. Mana shundan g‘amgin va mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. 2. U yaxshi amallar qildi, ammo uning qabul qilinganligi aniq-ravshan emas. 3. U o‘tgan hayotining qanday, qaerda o‘tganini bildi, lekin qolgan umrining qanday o‘tishini bilmaydi. 4. U Allohning ikki uyi borligini biladi. Lekin qaysi birida bo‘lishini bilmaydi. 5. Alloh taolo undan rozi yoki g‘azabli ekanligini bilmaydi. Kimning hayotida bu besh narsalar bo‘lsa, albatta u kulishdan qaytadi. Kimning hayotida mana bu besh narsa bo‘lmasa, o‘limidan keyin besh g‘am uning istiqboliga chiqadi: 1. Harom va shubhalardan yig‘ib qoldirgan narsalari va ularni dushman (vorislariga) qoldirganiga hasrat qilishligi. 2. Yaxshi amallarni yaqinda qilaman, deb kechiktirganligiga pushaymon bo‘lishlik va amallarini kitobida (nomai a’molida) kam ko‘rganidan keyin, yaxshi amallar qilish uchun ruxsat so‘raydi, unga ruxsat berilmaydi. 3. Gunohlariga pushaymon bo‘lishligi, u kitobida ko‘p gunohlarni ko‘radi, shundan so‘ng tavba qilishga, qaytishga ruxsat so‘raydi. Unga ruxsat berilmaydi. 4. O‘zida dushmanlarni ko‘p ko‘rmoqligi. Ularga o‘z yaxshi amallarini berib, rozi qilishdan boshqa yo‘l topolmaydi. 5. Allohning unga g‘azabi borligini ko‘radi va Uni rozi qilish mumkin bo‘lmaydi» 251. Abu Zarr G‘iforiy rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Agar men bilgan narsani sizlar bilganlaringizda edi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi baland joylarga chiqib, baland ovozda Rabbilaringizga duo qilar edingizlar va yig‘lardingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, xotinlaringiz bilan quvonib yurmas edingizlar va to‘shaklaringizga ham olmas edingizlar. Koshki, Alloh taolo meni xalq etgan kunda kesiladigan daraxt qilib yaratganda edi!» Yunus Hasan Basriydan rivoyat qiladi: «Basriy aytdi: «Mo‘min xafa holatda kechani o‘tkazadi va xafa holatida tong ottiradi». Hasan Basriyni qachon ko‘rsam u kishiga yangi musibat kelgandek ko‘rardim». Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 122 Boshqa rivoyatda aytiladi: Hasan Basriy xuddi onasini ko‘mib kelgan kishi suratida xafa holatida ko‘rinar edilar. Avzoiy Allohning: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling