Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bas, o‘zlari kasb qilgan narsalari jazosiga ozgina kulsinlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
123 uning orqasida xafachilik bo‘lmasin, bir xafachilikni talab qilgin, uning orqasida xursandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xur-sandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xursand-chiligiga yetmoqlikni xohlasang, bu dunyoda xafa holda bo‘lgin. Kuluvchi, xursand holda bo‘lmaginki, jannat xursandchiligiga yetishing uchun. U xursandchilikning orqasida xafalik yo‘q. Va yana aytildi: «Uch narsa qalbni qattiq qiladi: sababsiz kulish, qorni och bo‘lmasdan yeyishlik va hojatsiz gapirishlik». 254. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Yolg‘on gapirib, odamlarni kuldirgan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin!» Ibrohim Naxaiy aytdi: «Kishi gapirib atrofdagilarni kuldiradi. Bu kalima bilan Alloh g‘azab qiladi va unga Allohning g‘azabi bo‘ladi. Bu g‘azab uning atrofidagilarni umum qiladi (qo‘shib yuboradi). Kishi bir kalima gapiradi. U kalima bilan Alloh rozi bo‘ladi, unga va atrofidagilarga rahmat yetadi». 255. Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga aytdilar: «Ey Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan, qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qilguvchirog‘i bo‘lasan, o‘zing yaxshi ko‘rgan narsani odamlar uchun ham yaxshi ko‘rgin, mo‘min bo‘lasan, kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi». Ahnaf ibn Qays aytadi: Umar ibn Xattob, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Ey Ahnaf, kim kulishni ko‘paytirsa, uning haybati kamayadi; kim mazax qilsa, u bilan yengil sanaladi; kim bir narsani ko‘paytirsa, o‘sha bilan taniladi. Kim gapni ko‘paytirsa, uning xatosi ko‘payadi; xatosi ko‘pning hayosi kamayadi; kimning hayosi kamaysa, uning taqvosi kamayadi; kimning taqvosi kamaysa, uning qalbi o‘ladi; kimning qalbi o‘lsa, do‘zax unga avloroq bo‘ladi». Faqih aytadi: Qah-qaha otib kulishdan saqlan. Chunki unda sakkizta ofat bordir: 1. Seni ulamolar va aqlli kishilar yomon ko‘radi. 2. Senga johillar va axmoqlar jur’at qiladi. 3. Agar johil (ilmsiz) bo‘lsa, ilmsizligi ortadi, agar olim bo‘lsa, ilmi kamayadi. Chunki xabarda keldi: «Albatta, olim kishi kulsa, uning ba’zi ilmi otilib chiqadi». 4. Qahqaha otib kulishdan o‘tgan gunohlarni unutish bordir. 5. Qahqaha otib kulinsa, kelajakda gunohlarga jur’at qilinadi. Chunki, kim kulsa, qalbi qattiq bo‘ladi. 6. Unda o‘limni va oxirat ishlarini unutish bordir. 7. U kuldirgan kishining gunohi unga o‘tadi. 8. Ozgina kulish bilan oxiratda ko‘p yig‘lash «mukofoti» bor. Alloh taolo aytdi: «Bas, o‘zlari kasb qilgan narsalari jazosiga ozgina kulsinlar, Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling