Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
XXIII bob. G‘azabni yengmoq bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
XXIII bob. G‘azabni yengmoq bobi hadislari
1. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir...” Zaif*. Abdurazzoq (20720) va Ahmad (61-19/3). 2. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “G‘azabdan saqlaningiz...” Zaif*. Oldingi hadisga qarang. 3. “Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib...” Hasan*. Abu Dovud (4777) va Ibn Moja (4816). 4. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Kimda uch xislat bo‘lmasa...” Zaif, marfu’*. Ibn Abu Dunyo, “Al-hilm”da, Bayhaqiy “Ash- shu’ab”da (7423) Hasandan rivoyat qilib, “mursal” deyishgan. 5. Hadis. “Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Jabroil! Bu oyatning tafsiri nimadir?” Mursal*. Ibn Jarir (10569) va Ibn Kasir tafsiri (266/2) ga qarang. 6. Abu Hurayra. “Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida...” Hasan*. Ahmad (436/2) va Abu Dovud (4897) va “As-sahihat” (2376, 2231) ga qarang. 7. Ibn Abbos. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Har bir narsaning sharafi bordir...” Mavzu*. Hokim (270,269/4). 8. Hadis. “Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi...” Sahih*. Muslim (2599/4). 9. Hadis. “Rasululloh aytdilar: “Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo (21) Ibn Umardan. 10. Mujohid. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni to ko‘tarib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6114/4) Muslim (2609/4) Abu Hurayradan. 11. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilishdi: “Qiyomat kunida nido qiluvchi nido qiladi...” Zaif*. Uqayliy, “Az-zuafo” (1498) va Tabaroniy, “Al-avsat”. XXIV BOB. TILNI SAQLASH 268. Abu Said Xudriy aytadi: «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: «Ey Allohning elchisi, menga vasiyat qiling», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Allohga taqvo qilgin. Chunki u barcha yaxshiliklarni jam qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam tutgin. Chunki u musulmonlarning (yoki «musulmonning», dedilar) rohibligidir». Va Allohning zikrini va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki u senga yerda nur, osmonda zikrdir. Yaxshi- likdan boshqasidan tilingni saqlagin. Shu bilan shay-tonni yengasan». Faqih aytadi: Payg‘ambarning (s.a.v.): «Allohga taqvo qilgin», degan so‘zlarining ma’nosi Alloh qaytargan ishlardan qaytish uchun Alloh buyurganlariga amal qilishdir. Agar taqvo qilsa, barcha yaxshiliklarni jam qilibdi. Endi «tilingni saqlagin», deganlarining ma’nosi faqat yaxshiliklardan gapirgin, g‘animatli bo‘lasan yoki jim yurgin, salomat bo‘lasan. Chunki salomatlik sukutdadir. Bilgin, inson shaytondan jim turishlik bilan g‘alaba qiladi. Musulmon shaytondan xoli qo‘rg‘onda bo‘lishi va Alloh uning avratini berkitishi uchun tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi. 269. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim qulini ursa, kafforati uni ozod qilishlikdir. Kim tiliga podshoh bo‘lsa, Alloh uning uyat ishlarini berkitadi, kim g‘azabini yutsa, Alloh uni azobdan saqlaydi. Kim Allohdan uzr so‘rasa, uning uzrini qabul qiladi». 270. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisi va mehmonini hurmat qilsin, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling