Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur»
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bas, (Ey Muhammad) siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari sabr qilganidek sabr qiling»
- «Johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham, «Omon bo‘linglar», deb
bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur» (Fussilat, 34).
Agar sen shunday qilsang, dushmaning do‘stga aylanadi, xuddi qarindosh-urug‘dek. Alloh taolo do‘sti Ibrohim alayhissalomning halimligini maqtadi: «Zotan, Ibrohim halim – ko‘ngilchan va ibodatli kishidir» (Hud, 75). Bas, halim kishi gunohlarni kechirguvchidir. Ko‘ngilchan odam o‘z gunohlarini eslab ko‘ngilchanlik qiladi. Ibodatli kishi esa Allohning ibodatiga yuzlangan. Albatta, Alloh taolo Payg‘ambarga (s.a.v.) sabrli va halim bo‘lishni buyuryapti. U kishiga ul zotdan oldingi payg‘ambarlarga shunday zotlar ekanini xabar berdi: «Bas, (Ey Muhammad) siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari sabr qilganidek sabr qiling» (Ahqof, 35). Ya’ni, kofirlarning yolg‘onga chiqarganlariga va aziyatlariga kofirlar bilan urushga buyurilgan payg‘ambarlarning sabr qilishidek sabr qiling. Sabot-matonat kishilari ishlarida sobit bo‘ldilar va keladigan aziyatlarga sabr qildilar. Hasan aytdi: Allohning kalomida keladi: «Johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham, «Omon bo‘linglar», deb Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 126 javob qilganlar» (Furqon, 63), ya’ni ularga johillik qilsalar ham yumshoq holda aytdilar». Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Bani Isroilda bir obid bor edi. Shayton bu obidni adashtirmoqni xohladi, lekin qodir bo‘lmadi. Bir kuni obid ba’zi ehtiyojlari uchun shaharga chiqdi. Shayton ham u bilan birga chiqdi. Shayton shahvat va g‘azab tomonidan uni adashtirmoqchi bo‘ldi. Lekin bu ishni qilishga qodir bo‘lmadi. Keyin qo‘rqitmoqchi bo‘ldi va unga tog‘dan tosh otdi. Tosh unga yetayotgan vaqtda Allohni esladi va Alloh taolo bu narsani undan uzoqlashtirdi. Keyin sher va yirtqich hayvonlar qiyofasiga kira boshladi. Allohni zikr qilganida unga hech narsa qilmadi. Keyin ilon suratiga kirib, namoz o‘qiyotgan qadamlariga va jasadiga o‘ralib oldi, hattoki, boshigacha yetdi. Agar sajda qilmoqchi bo‘lsa, boshiga o‘ralib olardi va og‘zini ochib, uning boshini tishlamoqchi bo‘lardi. U ilonni qo‘li bilan o‘zidan ketkazib, sajdaga mumkin bo‘larli darajadagi joyga ega bo‘ldi. Vaqtiki namozidan bo‘shaganidan keyin, shayton uning oldiga kelib: «Men senga shuncha ishlarni qildim, lekin senga hech narsa qila olmadim. Endi sen bilan do‘stlashmoqni istayman, bundan keyin seni adashtirishni xohlamayman», dedi. Obid: «Yo‘q, bugun sen meni qo‘rqitding. Alhamdulillah, qo‘rqmadim, endi sen bilan do‘stlashmoqqa hojat yo‘q», deb javob berdi. Shayton unga: «Sendan keyin ahlingga nima yetishi to‘g‘risida so‘ramaysanmi?» dedi. Obid unga: «Men ularga o‘xshab o‘laman», dedi. Shayton: «Odam farzandi nima bilan adashtirilganini ham so‘ramaysanmi?» dedi. Obid dedi: «Menga odam farzandining qanday zalolatga ketganini xabarini bergin». Shayton aytdi: «Baxillikdan, ortiqcha g‘azab, qiziqqonlik va mastlikdan adashdilar. Albatta, inson baxil bo‘lsa, uning ko‘z o‘ngida molini kamaytiramiz. Keyin uning huquqidan man qilib, odamlarning moliga rag‘bat etiladi. Agar kishi qiziqqon va g‘azabli bo‘lsa, uni go‘daklarning oldidagi koptokdek o‘ynatamiz. Agar o‘sha o‘likni tiriltirsa ham, undan noumid bo‘lmaymiz. Albatta, u bitta kalimada ham bino bo‘ladi, ham buziladi. Agar mast bo‘lsa, hamma yomonliklarga yetaklaymiz. Xuddi qo‘yning qulog‘idan ushlab xohlagan tomoniga yetaklagandek». Shayton g‘azab qiladigan kishining xabarini berdi: u shayton qo‘lida bolalarning qo‘lidagi to‘p kabi bo‘lishini bildik. G‘azab qiladigan kishi shaytonga asir bo‘lmasligi va amalini yo‘qotmasligi uchun sabr qilmog‘i lozim bo‘ladi. Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo o‘z risolatini berish bilan tanladi, men ham Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman, men ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim, mening tavbamni qabul qilishini so‘ragin», dedi. Muso alayhissalom uning gapidan xursand bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib, Alloh xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi: «Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening yaratgan bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning tavbasini qabul qilgin». Alloh aytdi: «Ey Muso! Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u Sendan tavba so‘ra- yapti», dedi. Musoga vahiy keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul qildim, unga buyurgin, borib Odamning qabriga sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman». Muso xursand holda chiqib, unga xabarni yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida sajda qilmagan o‘lganida sajda qilamanmi?» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling