Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
129 kun so‘ragin. O‘zingni o‘lganlardan hisoblagin. Hurmatingni Alloh uchun ber, senga aziyat bersa yoki so‘ksa, aytgin: «Hurmatimni Alloh uchun berdim» va agar sen yomonlik qilsang, Allohdan istig‘for so‘ragin», dedi. 263. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi. Bu ish sahobalarga qattiq tegib: «Ey Allohning rasuli! Ularni duoibad qiling. Ular bizning ko‘z o‘ngimizda sizga zarar qildilar-ku!» deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men la’nat qilish uchun yuborilmadim, balki duo qiluvchi va rahmat qiluvchi qilib yuborildim. Ey Parvardigorim! Qavmimni hidoyat qilgin. Ular bilishmaydi». 264. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa, Alloh taolo qiyomat kunida uning musibatiga kushoyish beradi. Kim g‘azabini to‘ssa, Alloh taolo qiyomat kuni unga qiladigan g‘azabidan najot beradi». 265. Mujohiddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni tosh ko‘tarib, qaysi birlari kuchliroq ekaniligini namoyish qilayotgan qavmning oldidan o‘tdilar. Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar: «Bu nima?» Ular: «Katta tosh», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Sizlardan undan kuchliroq nima ekanligini aytayinmi?» Ular: «Ha! Ey Allohning elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Bir kishi bir og‘aynisi bilan dushmanligi bo‘lsa, unga hamroh bo‘lgan shaytonni yengib, u birodariga gapirsa, o‘sha kishi eng kuchli odamdir», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Tosh ko‘tarib musobaqalashayotgan qavm-ning oldidan o‘tdilar va ularga aytdilar: «Sizlar o‘zlaringizni tosh ko‘tarish bilan kuchlimiz deb bilasizlarmi? Men sizlarga undan ham kuchlirog‘ining xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha!» deyishdi. Aytdilar: «Unday kishi g‘azabini yutib, keyin sabr qiluvchi kishidir». Yahyo ibn Maozdan zikr qilindi: «Kimki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilsa, Muhammadni (s.a.v.) Payg‘ambarlar ichida xafa qiladi va shaytoni la’inni kofirlar va shaytonlar ichida xursand qiladi. Kim zulm qilgan kishini kechirsa, iblis la’inni kofirlar va shaytonlar ichida xafa qiladi, hamda Muhammadni (s.a.v.) payg‘am-barlar ichida xursand qiladi». 266. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kunida nido qilguvchi nido qiladi: «Savoblari Alloh taolo ustida bo‘lgan kishilar qaerdalar?» Odamlarning ichida kechirib yuboruvchilar turadilar va ular jannatga kirgaydirlar». Ahnaf ibn Qaysdan so‘raldi: «Insoniylik nimadir?» deb. Aytdi: «Mansab, davlat berilganda tavozu’li bo‘lishlik, qudratli vaqtida kechirishlik va minnatsiz berishlikdir». 267. Atiyadan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Mo‘minlar yumshoq va muloyim bo‘ladilar. Xuddi majbur qilinmasdan yoki urilmasdan yurib turgan tuya kabiki, yetaklansa, ergashadi yoki toshning ustiga cho‘ktirilsa, cho‘kadi». Faqih aytadi: Sizlarga g‘azab qilganda, sabr qilishlik lozim bo‘ladi. G‘azab kelganda shoshilmangizlar, shoshilishdan saqlaningizlar. Shoshqaloqlikda ham, sabrda ham uch narsa bordir. Shoshqaloqlikdagi uch narsa: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 130 1. Ichida pushaymon bo‘ladi. 2. Odamlar oldida malomat qilinadi. 3. Alloh oldida jazolanadi. Sabrdagi uch narsa: 1. Ichida xursand bo‘lishlik. 2. Odamlar oldida maqtanishlik. 3. Allohdan savob olishlik. Albatta, yumshoqlik avvalida achchiq, oxirida shirin bo‘ladi. Aytilganidek: «Yumshoqlikning mazasi boshida achchiq, oxirida asaldan shirin bo‘ladi». ___________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling