Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin
va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz o‘zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan» (Zumar, 46). Rabi’ mana shundan boshqa hech narsa demadi. Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Johil kishi olti xislat bilan bilinadi: 1. Behuda narsalarga g‘azab qilishlik, ya’ni Odam farzandiga g‘azab qilgandek, hayvonga yoki unga yomon ko‘ringan har narsaga g‘azab qiladi». 2. Foydasiz kalom. Oqil kishi o‘ziga foyda bermaydigan gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo va oxirat ishlarida manfaat beradigan so‘zni sevadi. 3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni molini ajr berishga noloyiq, uni berish mumkin bo‘lmagan joyga sarf qilishlik. Bu johillik alomatidandir. 4. Har kimning oldida sirini ochaverish. 5. Har insonga ishonaverish. 6. Do‘stni dushmandan ajrata olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini topib, unga itoatda bo‘lmog‘i, dushmanini bilib, undan hazar qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi dushman shaytondir. Unga hech joyda bo‘ysunmaslik lozimdir. Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: «Har bir kalomda Allohning zikri bo‘lmasa, u bekordir. har qanday sukutda fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har bir qarashda ibrat bo‘lmasa, u behudadir. Kalomida Allohning zikri, sukutida fikrlash va qarashida ibrat bo‘lgan kishiga qanday yaxshi». Avzoiy aytadi: «Mo‘min kalomini kamaytiradi va amalini ko‘paytiradi. Munofiq kalomni ko‘paytirib, amalni kamaytiradi». 273. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi, dinni bilishlik, til bilan taqvo qilish, yuzida tabassumlik, qalbida nurlik va musulmonlarni yaxshi ko‘rish». Yahyo ibn Aksam aytdi: «Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallaridan ham bilinadi. Agar gapirgan gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi». Luqmon Hakim o‘g‘liga aytdi: «Ey o‘g‘ilginam, kim yomonlik egasining suhbatida bo‘lsa, omon bo‘lmaydi, kim yomonlik kiradigan joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimki tiliga egalik qilmasa, pushaymon yeydi». 274. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Tiliga egalik qilgan, uyidan tashqariga chiqmagan va xatosiga yig‘lagan kishiga naqadar yaxshi». Faqih aytdi: Otam Hasan Basriydan gapirdi: «Hakimning tili yuragining orqasidadir. Agar gapirmoqlikni xohlasa, yuragiga qaraydi, mabodo unda yaxshilik bo‘lsa, gapiradi. Agar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling