Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
135 Abu Zarr G‘iforiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishi Ka’ba oldiga kelib: «Ogoh bo‘linglar! Kim meni bilsa, bilibdi. Kim bilmasa, bilsin. Men Jundub ibn Janodah G‘iforiy Abu Zarrman. Sizlarga nasihat qilguvchi, mehribon birodaringiz oldiga kelinglar», dedi. Odamlar u kishining oldiga to‘plandilar. Shunda u kishi: «Ey odamlar, kimki sizlardan dunyo safarini xohlasa, unga kerakli narsalar bilan chiqadi. Inson oxirat safarini xohlasa-yu, qanday qilib narsasiz chiqsin?» dedi. Odamlar: «Ey Abu Zarr, bizning zodimiz (yo‘lda kerakli narsalar va oziq-ovqat) nimadir?» deyishdi. Abu Zarr aytdi: «Qorong‘u kechada qabr azobining qo‘rqinchi uchun ikki rak’at namoz o‘qish, qattiq issiqda tirilish kuni uchun ro‘za tutish, miskinlarga sadaqa berishlikki, shoyad, sizlar qiyin kunning azobidan najot topsalaringiz. Haj esa ishlarning ulug‘idir. Dunyoni ikki o‘rin qilinglar. Bir o‘rin – dunyo talabidagi o‘rin, ikkinchi o‘rin – oxiratning talabidagi o‘rin. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi. So‘zni ikki kalima qilinglar. Bir kalima dunyo ishlaringizda foyda beradigan, qolgan kalima oxirat ishlaringizda yordam beradiganidir. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi. Molni ikki dirham qilinglar. Bir dirhamini oilangizga infoq qiling va bir dirhami o‘zingizga (ya’ni infoq qilib, oxiratingizga sarflang). Uchinchisi zarar qiladi, yordam bermaydi». Keyin: «O, oh-h!» deb chuqur xo‘rsindi. «Men topmagan kunning g‘ami meni o‘ldirdi». Aytishdiki: «U nimadir?» «Mening orzularim ajalimdan ortib ketdi». Iso ibn Maryamdan (alayhissalotu vassalom) zikr qilindi: «Allohning zikridan boshqa o‘rinda ko‘p so‘zni ko‘paytirmanglar. Qalbingizni qattiq qiladi. Toshbag‘ir yurak Allohdan uzoq bo‘ladi va lekin bilmaysizlar». Yana u kishidan: «Arboblarga o‘xshab, odamlarning gunohiga qaramangizlar, lekin bandaga o‘xshab o‘zlaringizning gunohlaringizga qarangizlar. Albatta, odamlar afv qilinganlar va balolanganlardir (baloga giriftor bo‘lganlardir). Allohga ofiyati uchun hamd aytinglar. Balolanganga rahm qilinglar» U zotning sahobalaridan ba’zilari aytishdi: «Agar qalbingda qattiqlikni va badaningda zaiflikni, rizqingda ozgina mahrumlikni ko‘rsang, bilginki sen keraksiz, ortiqcha gaplarni gapirgansan». ____________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling