Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
138 qolmasdim». Shaqiq Balxiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Ilmimdan to‘rt ming hadis chiqardim, to‘rt ming hadisdan to‘rt yuztasini chiqardim va to‘rt yuztasidan qirqtasini chiqardim va qirqtasidan to‘rttasini chiqardim. Bu to‘rttasi ushbulardir: Birinchisi, qalbingni xotiningga bog‘lama. Chunki u bugan seniki bo‘lsa, ertaga boshqaniki bo‘lishi mumkin. Agar unga itoat qilsang, do‘zaxga kirgizadi. Ikkinchisi, qalbangni molingga bog‘lama. Chunki mol yalang‘ochdir. Bugun seniki bo‘lsa, ertaga boshqanikidir. Agar molga qalbing bilan bog‘lansang, Allohning haqqidan man’ qilib qo‘yadi. Va senga faqirlik qo‘rqinchi kiradi va shaytonga ishoat qilasan. Uchinchisi, qalbingda to‘planib qolgan narsalarni tashlagin. Chunki mo‘minning qalbi shohid o‘rnidir. Shubha oldida iztirob chekadi. Haromdan qochadi va halollik oldida turadi. To‘rtinchisi, javobini yechmaguncha, bir narsaga amal qilmagin». 282. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar «Dunyoda go‘yoki g‘arib bo‘lgin yoki yo‘ldan o‘tuvchi (o‘tkinchi) bo‘lgin va o‘zingni ahli quburlardan sanagin». Mujohid aytdi: Abulloh ibn Umar menga dedi: «Agar tong ottirsang, nafsingga kechqurungacha yashayman demagin, agar kechasida bo‘lsang, nafsingga ertalabgacha yashayman demagin. Kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘ligingni g‘animat bilgin. Albatta, sen ertaga isming nima ekanligini bilmaysan (o‘limmi yo hayotmi)». Faqih aytadi: Kim orzularni kamaytirsa, qisqa qilsa, Alloh taolo to‘rt xil karomatlar bilan hurmat qiladi; Birinchisi, toatda kuchli qiladi. Chunki banda yaqinda o‘limini bilsa, unga yuzlanadigan noxush narsalarga ahamiyat bermaydi. Toatlarda ko‘p harakat qiladi va amallarni ko‘paytiradi. Ikkinchisi, g‘amlarini kamaytiradi, chunki yaqinda o‘li-shini bilsa, ro‘baro‘ kelgan karohiyatlarni o‘lim sanamaydi. Uchinchisi, ozi bilan rozi bo‘ladi. Chunki yaqinda o‘limini bilsa, ko‘p narsani talab qilmaydi. Uning g‘ami faqat oxirat g‘ami bo‘ladi. To‘rtinchisi, uning qalbini nurli qiladi. Aytildi: «Qalbing nuri to‘rt narsadir: Birinchisi, och qorin (ro‘za). Ikkinchisi, solih do‘st. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni eslash. To‘rtinchisi, qisqa orzu. Albatta, kimki orzuni ko‘p qilsa, to‘rt narsa bilan azoblanadi. Birinchisi, itoatlardan dangasa bo‘ladi. Ikkinchisi, dunyoda g‘amlari ko‘payadi. Uchinchisi, mol yig‘ishga haris bo‘ladi. To‘rtinchisi, qalbi qattiq bo‘ladi. Qalbning qattiq bo‘lishi to‘rt narsadan: Birinchisi, to‘lib qolgan qorin. Ikkinchisi, yomon do‘stning suhbati. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni unutish. To‘rtinchisi, uzun orzular». Musulmon kishi orzuni qisqa qilishi lozim bo‘ladi. chunki u qaysi nafasda va qaysi qadamda o‘lishini bilmaydi. Alloh taolo aytdi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling