Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
YIGIRMA OLTINCHI BOB KAMBAG’ALLARNING FAZILATLARI 289. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) Anas ibn Molikdan (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: "Faqirlar Payg‘ambarga (u kishiga Allohdan salovat va salomlar yog‘ilsin) o‘zlaridan elchi yuborishdi. U kishi kelib: "Yo Rasululloh, men kambag‘allarning elchisiman", dedi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Senga va seni yuborganlarga marhabo", dedilar. Elchi: "Ey Allohning rasuli! Kambag‘allar, boylar hamma yaxshiliklarni olib ketdi, ular haj qilishadi, bizning qudratimiz yetmaydi, sadaqalar qilishadi, biz unga ham qodir emasmiz, kasal bo‘lsalar, mollarining ortiqchasini ehson qilib yuborishadi, deb aytishyapti", dedi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ularga yetkazginki, kim sabr va qanoat qilsa, unga boylarda bo‘lmagan uch fazl beriladi. Birinchisi: jannatda qizil yoqutdan bir uy borki, ahli jannatlar unga dunyo ahli yulduzlarga qaragandek qarashadi. U yerga kambag‘al payg‘ambar, kambag‘al shahid, kambag‘al mo‘min kiradi. Ikkinchisi: kambag‘allar jannatga boylardan yarim kun oldin kirishadi. U yarim kunning miqdori besh yuz yilga teng. Ular u yerdan xohlaganicha foydalanishadi. Sulaymon ibn Dovud alayhumassalom payg‘ambarlardan qirq yil keyin jannatga kiradilar. Bu holning sababi Alloh taolo u zotga payg‘ambarlikka podshohlikni ham qo‘shib berganidir. Uchinchisi: Alloh pokdir (subhonalloh), Allohga hamd bo‘lsin (alhamdulillah) va Allohdan boshqa iloh yo‘q (la-a ilaha illalloh) va Alloh ulug‘ (Allohu akbar) kalimalarini faqir kishi ixlos bilan aytsa va boy ham ularni ixlos bilan aytsa, boyning aytgani kambag‘alnikiga yetmaydi. Garchi boy shuning ustiga o‘n ming dirham Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 141 nafaqa qilsa ham. Yaxshi amallarining hammasida ham shu kabidir", dedilar. Elchi faqirlarning oldiga borib, bu xabarni yetkazdi. Ular: "Ey Rabbimiz! Rozimiz. Ey Rabbimiz, biz rozimiz!" deyishdi. 290. Imron ibn Muslimdan rivoyat qilindi. Abu Zarr (r.a.) aytadilar: "Sohibim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetti ishning ustida edilar, ularni tark qilmadim, tark qilmayman ham. Menga u zot miskinlarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqin bo‘lishni, o‘zimdan past kishilarga qarab, yuqoridagilarga nazar solmaslikni, qarindoshlarim yuz o‘girsalar ham, ularga silai rahm qilishni, jannat xazinasi bo‘lgan "la-a havla va la-a quvvata illa billah"ni ko‘p aytishni, odamlardan hech narsa so‘ramaslikni, Alloh yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmaslikni va achchiq bo‘lsa-da, haqiqatni so‘zlashni buyurdilar". Abu Zarr (r.a.) agar qo‘llaridan qamchisi tushib ketsa, birovga olib ber deyishni yomon ko‘rardilar. Xaysama rivoyat qiladilar. Farishtalar: "Ey Rabbimiz, kofir bandangga dunyoni keng qilib, undan balolarni daf qilgansan", deb aytishadi. Alloh ularga: "Uning oxiratdagi azobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular u azobni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, bu dunyoda topgan narsalari ularga foyda bermaydi", deyishadi. Farishtalar yana aytishadi: "Mo‘min bandangdan dunyoni to‘sib, uni balolarga duchor qilasan". Alloh farishtalarga: "Uning oxiratdagi savobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular uni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, ularga dunyoda yetgan musibatlar hech qanday zarar qilmaydi", deyishadi. 291. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: "Molini ko‘paytirishga urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past kishilardir, lekin kim molini mana bunday, mana bunday qilsa, uning oqibati yaxshidir. Lekin ular kamginadir". Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "Molini ko‘paytirishga urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past kishilardir", degan so‘zlarining ma’nosi bunday: Agar boylar jannat ahlidan bo‘lsa, kambag‘alning darajasidan darajasi past bo‘ladi. "Mana bunday, mana bunday", deb aytgan gaplarining ma’nosi, ular o‘ng tomonidan, chap tomonidan, orqasidan, oldidan sadaqa qiladilar, deganidir. "Lekin ular kamginadir", degan so‘zlarining ma’nosi esa, bunday amal boylarda kam topilishiga, shayton ular uchun bu dunyoda mollarini ziynatli qilib ko‘rsatishiga dalolat etadi. 292. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha, shayton aytarkan: "Boy odam uch holatda najot topmaydi: molini uning ko‘ziga ziynatli qilib ko‘rsataman, natijada zakot bermaydi yoki mol topishni unga oson qilib qo‘yaman, shunda uni o‘z yo‘lida ishlatmaydi yoki molni sevimli qilib qo‘yaman, shunda nohaqdan kasb qiladi". Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "Meni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yubordilar. Savdogar edim. Men savdogarlikni ibodat bilan birlashtirmoqchi bo‘ldim. Ikkalasi ham bo‘lmadi. Savdogarlikdan bosh tortdim. Ibodatga yuzlandim. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, masjid eshigi oldida bir do‘konim bo‘lsa, unda namozimdan xato qilmasam, har kuni qirq dirham foyda olsam, u dirhamlarni Alloh yo‘lida sadaqa qilsam, baribir bu ish menga sevimli emas". Aytishdiki: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling